Jamiyat

Moskva shahrida migrantlarga xizmat koʻrsatadigan fohishaxonalar tarmogʻi yoʻq qilindi

© Sputnik / Oleg Lastochkin / Fotobankka oʻtishQoʻlga olingan fohishalar
Qoʻlga olingan fohishalar - Sputnik Oʻzbekiston
Fohishaxona egasi, administrator va Oʻrta Osiyolik fuqarolarga intim-xizmat koʻrsatuvchi sakkiz nafar migrant ayol hibsga olindi. Tashabbuskorlarni oʻn yilgacha qamoq jazosi kutmoqda.

TOSHKENT, 13 apr — Sputnik. Moskva shahri jinoiy qidiruv guruhi operlari oʻz vatandoshlari uchun fohishaxonalar tarmogʻini tashkil qilgan Oʻrta Osiyolik 31 yashar ayolni qoʻlga oldi, deb xabar qilmoqda Rossiya IIV.

"Rossiya IIV jinoiy qidiruv Bosh boshqarmasi operlari podmoskovyening Reut shahrida Oʻrta Osiyolik 31 yashar ayolni qoʻlga oldilar. Ayol Moskva shahri va Moskva viloyatida fohishaxonalar tarmogʻini tashkil qilganlikda gumon qilinmoqda”, — deyiladi xabar matnida.

Boshqarmadan olingan maʼlumotlarga koʻra, ayol bilan birgalikda Oʻrta Osiyolik fuqarolar uchun intim-xizmatlar koʻrsatgan sakkiz nafar migrant ayollar ham qoʻlga olingan. Fohishaxonalarni birining ish boshqaruvchisi ham operlar tomonidan qoʻlga olingan.
Fohishaxona “bekasi” va ish boshqaruvchi oʻn yilga ozodlikdan mahrum qilinishi mumkinligi taʼkidlanmoqda.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala