Migratsiya

Patentingiz bekor qilinmasligi uchun Migratsiya markaziga murojaat eting!

© Sputnik / Kirill Kallinikov / Fotobankka oʻtishMoskva viloyatidagi migratsiya markazi
Moskva viloyatidagi migratsiya markazi - Sputnik Oʻzbekiston
Rossiyaga ishlashga kelgan migrantning INN raqami FMS maʼlumotlar bazasida mavjud boʻlmasa, u holda migrant rasmiylashtirgan patent bekor qilinishi mumkin. Migratsiya xizmatiga INN nima uchun kerak boʻlib qoldi, degan savolga ekspertlardan javob olishga harakat qildik.

TOSHKENT, 13 apr — Sputnik, Mariya Sheludyakova. Migrant ega INN haqida maʼlumot Rossiya Soliq qoʻmitasida mavjudligiga qaramasdan, chet el fuqarolari Migratsiya masalalari bilan shugʻullanuvchi markazga murojaat etishlari shart. Chunki, 28-mart sanasidan boshlab, patent uchun toʻlovni amalga oshirayotgan vaqtingizda, INN raqamini koʻrsatib oʻtmasangiz, patent uchun toʻlov hisobga olinmaydi, va, tabiiyki, patent bekor qilinadi.

"Migratsiya XXI asr" jamgʻarmasi prezidenti Vyacheslav Postavnin mana shu "tashabbus" sabab, migratsiya xizmati yoʻq qilinganini aytmoqda. "FMSga nima uchun murojaat qilish kerakligi — men uchun jumboq. Nazarimda, ular mana shu INN tufayli katta muammolarni yaratishgan", — dedi u.

Yagona Migratsiya markazida chet el fuqarosiga Rossiyada ishlash huquqini beruvchi hujjat - patent topshirilishi - Sputnik Oʻzbekiston
Migratsiya
28 martdan boshlab patent uchun toʻlov sharti oʻzgardi

Ekspert fikriga koʻra, INN bilan bogʻliq tashabbus puxta ishlanmagan va bu FMS “piar aktsiyasi” boʻlishi ham mumkin. Yaʼni, migratsiya xizmati “ishlamaydigan tizim” yordamida goʻyoki faoliyat yuritayotganday "koʻrinish"ni vujudga keltirmoqchi.

"INN oʻz-oʻzidan hech narsa bermaydi. Agar u bir necha yil davomida nazorat olib borsa, va u yerga toʻlangan soliqlar toʻgʻrisida barcha maʼlumotlar kiritilsa, — bu boshqa gap. Agar INN faqat patent olish uchun kerak boʻlsa, bu nimaga kerak, men umuman tushunmayman”, — deb taʼkidladi Postavnin.

“Dobrososedstvo” — Xalqaro aloqalarni rivojlantirish jamgʻarmasi rahbari Yuriy Moskovskiy esa bu borada Postavnindan farqli oʻlaroq, u qadar keskin fikrdamas. Bundan tashqari, u, FMS qarorini zarurat deb baholadi. “INN ham Rossiya, ham chet el fuqarosi uchun kerak”, taʼkidladi u.

Aytgancha, INN borasida Sizda tugʻilgan har qanday savol boʻyicha patent olgan joy — Migratsiya markaziga murojaat qiling. Oʻzingiz bilan pasport, patent, toʻlagan toʻlovlaringiz cheklarini, registratsiya, INN guvohnomasini olishni tavsiya etamiz. 

Ekspertlar fikriga koʻra, hozirda vujudga kelayotgan muammolar muassasalarning oʻzaro muvofiqlashmagan holda faoliyat olib borayotgani natijasidir.

Toshkent-Moskva poyezdi kelishi - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Rossiyaga boruvchi migrantlar soni kamaydi

"Odamlarni yugurtirmaslik uchun FMS va Soliq inspektsiyasi hamda boshqa idoralar maʼlumotlar bazasi mujassamlashtirilgan boʻlishi lozim. Elektron bazalar paydo boʻlganiga unchalik koʻp vaqt boʻlgani yoʻq, ammo biz ular xuddi yuz yil oldin tashkil qilingandek eʼtiroz bildiryapmiz. Tizim mukammallashtirilmoqda, ammo bu jarayon davomida, afsuski, odamlar jabr koʻrmoqda”, deb taʼkidladi u.

Eslatib oʻtamiz, Rossiya prezidenti Vladimir Putin qarori bilan Migratsiya xizmatini mustaqil muassasa sifatida yoʻq qilindi va markaz Ichki ishlar vazirligiga boʻysundirildi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala