Hodisalar

Su-24 AQSH harbiy kemasiga namoyishkorona "hujum” qildi

© Sputnik / Skrыnnikov / Fotobankka oʻtishSU-24 bombardimonchi samolyoti
SU-24 bombardimonchi samolyoti - Sputnik Oʻzbekiston
Rossiya harbiy samolyotlari va vertolyotlari Boltiq dengizida qurol-yarogʻsiz AQSH esminetsiga juda yaqin uchib oʻtioʻdi. Ushbu hodisalar video va fotokameralarga suratga olindi.

TOSHKENT, 14 apr — Sputnik. Rossiyaning Su-24 bombardimonchisi va Ka-27 vertolyotlari Boltiq dengizida suzib ketayotgan AQShning Donald Cook esminetsi yonidan uchib tdi. Harbiylar voqea videolavhasini namoyish etdi.

AQShning kichik harbiy kemasi Boltiq dengizining xalqaro qismida oʻquv-mashgʻulotlari olib borayotgan vaqtda, Rossiya harbiy samolyotlari va vertolyotlari qurol-yarogʻsiz bir necha marta uning yonidan uchib oʻtdi. Voqea shu haftaning dushanba va seshanba kunlari boʻlib oʻtdi.

“Rossiya samolyoti kemaga “namoyishkorona hujum” qildi va bizning rus va ingliz tilida xavfsizlik haqida ogohlantirishlarimizga eʼtibor bermadi”, — dedi EUCOM.

Namoyish etilgan videolavhada AQSH harbiylarining biri "u kema palubasidan pastda uchib oʻtmoqda" deb baqirmoqda.

Rossiya tomoni voqeaga izoh bermadi. Keyinroq AQSH ushbu videoni namoyish qildi.

 

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala