Iqtisod

Turistik korxonalar valyutani davlatga sotish majburiyatidan ozod qilindi

© Sputnik / Vadim ShekunMoskvada turizm koʻrgazmasi
Moskvada turizm koʻrgazmasi - Sputnik Oʻzbekiston
Moliya vazirligi va Soliq qoʻmitasining birgalikda qabul qilgan qarori asosida, erkin konvertatsiya qilinadigan valyuta evaziga eksport qilinadigan mahsulotlar va xizmatlar roʻyxatiga oʻzgarishlar kiritildi.

TOSHKENT, 14 apr — Sputnik. Oʻzbekturizm Milliy kompaniyasi matbuot xizmati xabariga koʻra, turizm sohasida faoliyat koʻrsatayotgan kichik korxonalar oʻz xizmatlari eksportidan tushgan valyutani davlatga sotish majburiyatidan ozod qilindi.

Moliya vazirligi va Soliq qoʻmitasining birgalikda 7 aprel kuni qabul qilgan 2195-2-sonli qarori asosida, korxonalar oʻzi ishlab chiqargan va erkin konvertatsiya qilinadigan valyuta evaziga eksport qilinadigan mahsulotlar va xizmatlar roʻyxatiga oʻzgarishlar kiritildi.

Ushbu oʻzgarishlarga koʻra, turizm sohasida ishlayotgan korxonalarning oʻzi ishlab chiqargan mahsulotlar roʻyxatiga bir qator turistik xizmatlar kiritildi. Ular qatoriga transport xizmatlari, mehmonxona xizmatlari, ovqatlantirish xizmatlari, ekskursiya xizmatlari, madaniyat, sport va boshqa tadbirlar tashkil qilish xizmatlari kirdi.

Ushbu oʻzgarishlar turoperatorlarga Oʻzbekiston Vazirlar Mahkamasi tomonidan 29.06.2000 yilda qabul qilingan 245-sonli qarorda belgilangan imtiyozlardan foydalanishga imkon beradi. Unga koʻra, kichik korxonalar oʻzi ishlab chiqargan mahsulot esportidan tushgan valyutani – davlatga sotish majburiyatidan ozod qilinadi.   

Buning natijasida, turistik korxonalar ixtiyorida qolayotgan valyuta mablagʻlari ularning oʻzini rivojlantirishga yoʻnaltirilishi mumkin. Jumladan, mablagʻlar boshqa mamlakatlardan turistlani Oʻzbekistonga jalb qilish va oʻz xizmatlarini targʻib qilishga qaratilgan tadbirlar uchun ishlatilishi mumkin.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala