Migratsiya

Oʻzbekistonlik quruvchilar Moskvada yoppasiga ovqatdan zaharlanishdi

© Sputnik / Kirill Kallinikov / Fotobankka oʻtishOshxonada tushlik vaqtida
Oshxonada tushlik vaqtida - Sputnik Oʻzbekiston
Moskva shahrining gʻarbiy qismida joylashgan ishlab-chiqarish korxonasi oshxonasida tushlik vaqti ishchilarning yoppasiga zaharlanishi holati roʻy berdi. Jabr koʻrganlar – Oʻzbekiston va Tojikiston fuqarolari ekanligi xabar qilinmoqda.

TOSHKENT, 14 apr — Sputnik. Moskva shahrining gʻarbiy qismida joylashgan yotoqxonadan Oʻzbekiston va Tojikistonning 60 nafar fuqarosi kasalxonaga yotqizildi, deb xabar qildi payshanba kuni Moskva shahar favqulodda holatlar xizmatidagi manba.

Moskva-Siti - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Oʻzbekiston fuqarosi oʻzini Moskvaning eng baland binosidan tashladi

Quruvchilik obʼyekti xavfsizlik xizmati rahbari Dmitriy Telitsin bundan sal oldin tushlik vaqtida ishchilarning yoppasiga zaharlanganliklari haqida xabar qilgan edi.

"Ovqatdan zaharlangan quruvchilar — Oʻzbekiston va Tojikiston fuqarolari", — deb xabar qildi suhbatdosh agentlikka.

Uning soʻzlariga qaraganda, jami 60ga yaqin kishi jabr koʻrgan. Telitsin, shu vaqtga qadar bunday voqea biror marta roʻy bermaganligini taʼkidlamoqda.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala