Dunyoda

Kolumbiyada narkotiklar tashiyotgan suv osti kemasi qoʻlga olindi

© AP PhotoKolumbiyada yasalgan narkotiklar tashuvchi suv osti kemalari
Kolumbiyada yasalgan narkotiklar tashuvchi suv osti kemalari - Sputnik Oʻzbekiston
Kolumbiya hududiy suvlarida qoʻlga olingan suvosti kemasida salkam 6 tonna kokain topilgan.

TOSHKENT, 14 apr – Sputnik.  Terra Colombia nashri xabariga koʻra, giyohvand moddalar kontrabandasiga qarshi maxsus amaliyot respublika va AQSH harbiy dengiz kuchlari tomonidan oʻtkazilgan, kun.uz xabariga asosan.

Suvosti kemasi Ekvador chegarasidan 500 km uzoqlikda, Tinch okeani hududida tutib olingan.

«Kemani 4 kishi, 3 nafar kolumbiyalik va bir meksikalik boshqargan», — deb Kolumbiya harbiy dengiz kuchlari maʼlumotini keltiradi INFO7 portali. Ularning barchasi hibsga olingan.

26 mart kuni AQSH bojxona nazorati va chegara xizmati xodimlari Tinch okeani sohillarida halokatga uchrayotgan suvosti kemasini aniqlashgan edi. Kichik suvosi kemasi salkam 200 million dollarlik 5,5 tonna kokainni koʻtara olmay, suvga gʻarq boʻlayotgan vaqtda qutqarildi. Bortdagi ekipaj aʼzolari qoʻlga olingan.

2015 yilning iyul oyida AQSH maxsus qoʻshnlari saʼy-harakati bilan Salvador sohillari yaqinida bortida 7,65 tonna kokain olib ketayotgan kema qoʻlga olingan edi. Noqonuniy yuk qiymati bir necha yuz million dollarga baholangandi. Giyohvand moddalar kontrabandasida gumon qilingan 4 kishi qoʻlga olingan.

The Independent nashrining yozishicha, 2015 yilda AQSH dengiz qoʻriqlash xizmati xodimlari kokain kontrabandasiga qarshi 200ga yaqin operatsiyada qatnashgan va 96 tonna giyohvand modda musodara qilingan.

 

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala