Nazarboyev Toshkentga rasmiy tashrif bilan keldi

© Sayt prezidenta KazaxstanaQozog‘iston prezidenti Toshkentga keldi
Qozog‘iston prezidenti Toshkentga keldi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Payshanba kechqurun O‘zbekiston bosh vaziri Shavkat Mirziyoyev Toshkent aeroportida Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyevni kutib oldi.

TOShKENT, 15 apr — Sputnik. Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev O‘zbekiston prezidenti taklifi bilan Toshkentga keldi, Qog‘og‘iston prezidenti matbuot xizmati xabariga ko‘ra.

Payshanba kuni kechqurun Toshkent xalqaro aeroportida Qozog‘iston prezidentini O‘zbekiston bosh vaziri Shavkat Mirziyoyev kutib oldi. O‘zbekiston prezidenti bilan uchrashuv juma kuniga belgilangan.

“Qozog‘iston prezidenti Toshkentga keldi. Tashrif davomida O‘zbekiston prezidenti Islom Karimov bilan uchrashuv rejalashtirilgan. Uchrashuvda ikki tomonlama hamkorlik masalalari muhokama qilinishi ko‘zda tutilgan”, — deyilgan matbuot xizmat xabarida.

Qozog‘iston prezidentining Toshkentga tashrifi va O‘zbekiston prezidenti bilan uchrashuvi, uning Eron, Turkiya va O‘zbekistonga bo‘lgan besh kunlik uzuluksiz safarining yakuni bo‘ladi deyilgan.  

Uchrashuvda ikki tomonlama hamkorlik, Afg‘onistonda “Tolibon” kuchayishi, Toshkentda bo‘lib o‘tadigan “ShHT” davlatlari sammiti va regionlagi iqtisodiy vaziyat muhokama qilinishi kutilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0