Hodisalar

Yaponiyadagi yer qimirlashda 1000 dan ortiq kishi jarohatlandi

© JIJI PRESS / AFPYaponiyada yer qimirlashi oqibati
Yaponiyada yer qimirlashi oqibati - Sputnik Oʻzbekiston
Epitsentri Yaponiyaning Kumamoto viloyatida joylashgan yer qimirlashidan keyin 120 aftershok qayd qilingan. 44 mingdan ziyod odam evakuatsiya qilindi. 505 yordam berish nuqtalairi ochildi.

TOSHKENT, 15 apr — Sputnik. Yaponiyaning janubiy oroli Kyusyuda roʻy bergan 6,5 balli yer qimirlashi oqibatida mingdan ziyod odam zarar koʻrdi, RIA Novosti NHK telekanali xabari asosida.

Yaponiya rasmiylari xabariga koʻra 760 kishi kasalxonalarga joylashtirilgan, toʻqqiz kishi qurbon boʻlgan.

Undan tashqari, tabiy ofat natijasida 14 ming xonadon elektr taʼminotisiz, 20 ming oila suvsiz va 6 ming oila gaz taʼminotisiz qolgan.

Payshanba kuni kechqurun bodir boʻlgan yer qimirlashining kuchi 7 ballni tashkil qildi. Bu Yaponiya oʻlchovi boʻyicha eng kuchli zilzila hisoblanadi. Yer qimirlashi markazi Kumamoto viloyatida joylashgan. Uning oʻchogʻi 11 kilometr chuqurlikda boʻlgan. Yer qimirlashidan keyin 120ta aftershok boʻlgan.  

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala