O‘zbekcha fleshmob: avtomobillar 25 raqamini hosil qildi

© Facebook / Voditeli TashkentaAvtomobillar yordamida "25" raqami hosil qilindi
Avtomobillar yordamida 25 raqami hosil qilindi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Mustaqilligimizning 25-yilligi bayrami oldidan yurtimizda vatanparvarlik ruhidagi aksiya start oldi – Samarqand va Namanganda avtomobillar shunday taxlandiki, natijada 25 raqami hosil bo‘ldi.

 

TOShKENT, 15 apr — Sputnik. O‘zbekistonda Mustaqillik bayramining 25-yilligi arafasida vatanparvar yoshlar ona-yurtga muhabbatni zamonaviy usulda namoyish etishga shoshilishdi. Shu kunlarda start olgan “O‘zbekcha fleshmob” aksiyasida avtomobillar shu tarzda taxlandiki, natijada 25 raqami hosil bo‘ldi. Avtomobillar suratlari hozirda ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqalmoqda.

Aytish joizki, bu tarzdagi fleshmob O‘zbekistonda ilk marotaba o‘tkazilmoqda. Aprel oyi boshida Samarqanddagi zavodda MAN yuk mashinalari 2 va 5 raqamini hosil qilib taxlangan edi, juma kuni esa xuddi shu raqamlarni Namanganda “Kaptiva” rusumidagi avtomobillar yordamida hosil qilishdi.

“Ona-yurtga muhabbat” aksiyasi “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati a’zolari tomonidan tashkillashtirilgan.

 

Yangiliklar lentasi
0