Dunyoda

Xillari Klinton: Rossiya “Yevropa xaritasini boshqatdan chizmoqchi”

© Sputnik / Mixail Klimentyev / Fotobankka oʻtishAQSH prezidentligiga nomzod Xillari Klinton
AQSH prezidentligiga nomzod Xillari Klinton - Sputnik Oʻzbekiston
Demokratik partiyadan AQSH prezidentligiga nomzod Xillari Klinton “Moskvaning agressiv pozitsiyasini jilovlab turgan” NATO davlatlari oʻynayotgan rol haqida soʻzladi. Sobiq AQSH Davlat kotibi alyans saqlanib qolishi kerakligi haqida fikr bildirdi.

TOSHKENT, 15 apr — Sputnik, Grigoriy Dubovitskiy. AQSH prezidentligiga nomzod Xilari Klintonning fikricha, Rossiya oʻzini tajovuzkorona tutmoqda va “Yevropa xaritasini qaytadan chizishga urinmoqda”, RIA Novosti xabari asosida.

"Bu bizning manfaatlarimizga mutlaqo zid. Axir oʻzingiz oʻylab koʻring, agar NATO tufayli Rossiyaning tajovuzkorligi toʻxtatilib qolmaganda, bu bizga qanchaga tushishi mumkin edi? NATO oʻshanda Rossiyaga u oʻta olmasligini yaxshilab tushuntirib qoʻygan edi”, — deb taʼkidladi u.

Klinton oʻzining bu fikri bilan NATOning naqadar zarurligi hamda AQShning alyansga aʼzoligini saqlab qolish muhimligini isbotlashga harakat qildi.
AQSH sobiq Davlat kotibi ushbu soʻzlarni Donald Trampning NATO haqida aytgan janjalli gaplaridan soʻng bir necha kundan keyin aytdi.
Gap shundaki, jizzaki milliarder NATO AQShga nisbatan tovlamachilik qilayotgani haqida bayonot qilgan edi. Bunga qadar esa Tramp alyansdan AQShdan olgan barcha qarzlarni qaytarishni talab qilgan, va uning bu soʻzlari ham katta janjalni keltirib chiqargan edi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala