Jamiyat

MCHS fuqarolarga “9 ballik zilzilani his qilishni” taklif etdi

© Motion LoopSeysmograf. Zilzila
Seysmograf. Zilzila - Sputnik Oʻzbekiston
Zilzila vaqtidagi xavfsizlik qoidalarini yaxshi bilgan fuqarolar MCHS tomonidan ajoyib sovgʻa bilan taqdirlanadilar: gʻoliblarni seysmologik markazga sayohat, 9 ballik zilzila imitatsiyasi hamda zamonaviy smartfon kutmoqda.

TOSHKENT, 15 apr — Sputnik. Oʻzbekiston MCHS xizmati va mamlakatdagi BMT Rivojlanish dasturi zilzila vaqtida toʻgʻri harakatlanish qoidalari boʻyicha tanlov eʼlon qildi, deb xabar berilgan muassasa rasmiy saytida.
Tabiiy ofat vaqtida oʻzni tutish qoidalari bilan quyidagi ilovada tanishishingiz mumkin.

Yaponiyada yer qimirlashi oqibati - Sputnik Oʻzbekiston
Hodisalar
Yaponiyadagi yer qimirlashda 1000 dan ortiq kishi jarohatlandi

Tanlovda ishtirok etishni xohlagan barcha fuqarolar 20 aprel soat 16:00ga qadar,  tanlov@fvv.uz manzili boʻyicha xat yoʻllab, unda zilzila vaqtida uyda, ishda, koʻchada va boshqa joylarda qanday chora-tadbirlar koʻrishi haqida batafsil yozishi kerak. Ishtirokchi, shuningdek, maktubda oʻz ism-sharifi, yashash manzili, telefon raqami va elektron manzilini koʻrsatishi lozim.
20 nafar gʻolib qurʼa tashlash yoʻli bilan aniqlanadi. Gʻoliblar ism-sharifi 21 aprel kuni eʼlon qilinadi.
Gʻoliblar MCHS fuqarolarni himoya qilish institutidagi zilzilalar simulyatsiyasi markaziga sayohat qilib, seysmologiya rivojlanishi tarixi haqida maʼlumotlarga ega boʻlishadi.
Bundan tashqari, Toshkentda yuz bergan 1966 yildagi zilzila va sayyoramizning turli nuqtalarida roʻy bergan boshqa yirik zizilalar haqida qiziqarli maʼlumotlar bilan tanishadilar.

Tanlov gʻoliblari maxsus jihozlangan simulyatorda 9 ballik zilzilani his qilib koʻrishdek imkoniyatni qoʻlga kiritadilar. Shuningdek, ularga smartfon sovgʻa qilinadi.

Sovgʻalarni topshirish marosimi va ekskursiya 23-aprel, shanba kuni boʻlib oʻtadi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala