Dunyoda

Afgʻoniston-2016: “ID”, "Tolibon", Xitoy orzulari va Tojikiston xadigi

© AFP/ Noorullah ShirzadaAfgʻon jangchilari va "Islom davlati" jangarilari toʻqnashuvi
Afgʻon jangchilari va Islom davlati jangarilari toʻqnashuvi - Sputnik Oʻzbekiston
Ekspertlar 2016 yil Afgʻoniston uchun “hayot-mamot” yili boʻlishidan xavfsirashmoqda. Hukumat shaharlarni toʻliq toliblar hukmiga “topshirishi” mumkinligi va mamlakatda “Islom davlati” taʼsiri ortishi taxmin qilinmoqda

TOSHKENT, 15 apr — Sputnik. Bahor kelib, baland choʻqqili dovonlarda qorlar erishi bilan, qoidaga muvofiq, qoʻshni Afgʻonistondagi radikal islomiy guruhlar ham "gʻimirlab" qolishadi.
Terrorchilar bu yil Tojikiston chegarachilari kuchini sinashga botinadimi va Afgʻonistondagi ahvol qanday mavjud stsenariylar asosida rivojlanishi toʻgʻrisida Sputnik materialida oʻqing.

Qunduz koʻchalaridan biri - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Afgʻoniston shimolidagi Qunduz shahrini "Tolibon" egallab oldi

Xavfsizlik doirasi tobora torayib bormoqda

Ekspertlar fikricha, oʻtgan yil davomida, yaʼni boʻlib oʻtgan prezident saylovlaridan soʻng Afgʻoniston rahbari – Ashraf Gʻani hukumatni shakllantira olmadi. Deyarli 12 provintsiyalarda gubernatorlar hamda shahar rahbarlari tayinlovsiz qoldi. 34 provintsiyadan 25tasida harbiy harakatlar olib borilmoqda.

Mamlakat Bosh shtabi maʼlumotlariga koʻra, bugungi kunda Afgʻoniston hududida 50 mingga yaqin tolibonchilar jang olib bormoqda. Ammo, ilgarilari ular asosan janubiy provintsiyalarga koʻproq hujum qilgan boʻlsa, oʻtgan yilning yoz oylaridan boshlab, Tojikiston bilan chegaradosh – Qunduz shahrida oʻrnashib olgan.

Ayrim maʼlumotlarga koʻra, Tojikiston bilan Afgʻoniston chegarasining 40-50 kmga yaqin hududida birorta afgʻon chegarachisi yoʻq, sababi, belgilangan chegara qismi toliblar nazoratiga oʻtgan.

Parcha-parcha qilingan Afgʻonistonning yangi musibati esa – “Islom davlati”dir. Afgʻoniston davlati Qurolli kuchlari Bosh shtabi maʼlumotlariga koʻra, ayni vaqtda mamlakatda mavjud “ID” jangarilari soni taxminan 5 ming nafarni tashkil qiladi. Amerikaliklarning soʻzlariga qaraganda esa, Afgʻonistondagi “Islom davlati” terrorchilari soni haqiqatda 3 mingdan ziyod boʻlishi mumkin emas.

Regionni oʻrganuvchi ayrim tadqiqotchilar esa, Afgʻonistondagi jangarilar soni 7-8,5 ming nafarligini taʼkidlashmoqda. Gap bu yerda, Suriya yoki Iroqdan kelgan radikal islomiy guruhlar haqida emas, balki lagerni almashtirishga qaror qilgan toliblar, yaʼni afgʻonlar haqida bormoqda.

“ID” va toliblarni Rossiya Harbiy Kosmik Kuchlari yordamida bombardimon qilish kerak”

Afgʻonistondagi voqealar rivojini butun dunyo diqqat ila, butun Markaziy Osiyo regioni esa – hadik ila kuzatmoqda. Markaziy Osiyo davlatlari Afgʻoniston bilan chegarani mustahkamlamoqda, oʻz armiyalarining jangovor holatini takomillashtirmoqda.

Dunyoda
Tolibon Afgʻoniston janubidagi Sangin shahrini egalladi

Yaqinda Tojikistonda keng koʻlamda Rossiya-Tojikiston harbiy oʻquv-mashgʻulotlari, aniqrogʻi hozirda Afgʻonistonda faoliyat yuritayotgan koʻpsonli terrorchilik va ekstremistik harakatlari uchun namunaviy chiqishlar oʻtkazildi. Tojikistonda aprel oyida oʻtkaziladigan oʻquv mashgʻulotlari ham xuddi shunday maqsadlarda oʻtkaziladi. Ammo bu safar bu mashgʻulotlarda ODKBga aʼzo barcha mamlakatlar ishtirok etadi.
Afgʻoniston hukumatining 2016-yildagi asosiy masalalari va mamlakatda voqealar rivoji qaysi stsenariy asosida rivojlanishi, Tojikistondagi vaziyat qanday tus olishi mumkinligi haqida ekspertlar fikr bildirishdi.

BMTning Afgʻonistonga koʻmak berish missiyasi rahbari Nikolas Xeysomning soʻzlariga qaraganda, 2016 yilda Afgʻoniston oldida asosiy masala – “omon qolish” masalasidir. U bu haqda joriy yil 16 mart kuni BMT Xavfsizlik kengashida bayonot qilgan.

Uning soʻzlariga qaraganda, Afgʻoniston hukumati mamlakatdan xalqaro hamjamiyat chiqib ketishi qanday oqibatga olib kelishini koʻra bilmagan, iqtisodiy oʻsishga boʻlgan umid va mineral resurslar ekspluatatsiyasi esa istalgan natijani bermadi.

"Ustiga-ustak, prognozchilar bu yil yozda qurgʻoqchilik roʻy berishi xavfi mavjudligidan ogohlantirishgan. Bu esa, tabiiyki, hosildorlikka taʼsir koʻrsatmay, qolmaydi. Mamlakatdagi ishsizlik esa tartibsizliklarni keltirib chiqarishi mumkin”, — dedi Xeysom.

Tolibon harakati jangarilari - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
"Tolibon" oʻz nomi terrorchilar roʻyxatidan oʻchirilishini talab qilmoqda

Ekspert fikriga koʻra, tolibon bu yil tajovuzkorlikni susaytirishiga umid qilmasa ham boʻladi, aksincha, Qunduzdagi gʻalabadan ruhlangan jangarilar hujum qilishda davom etishi taʼkidlanmoqda.

Jangarilar harbiy harakatlar olib borilayotgan hududlarni kengaytirishga urinishi mumkinligi toʻgʻrisidagi fikrga rossiyalik siyosatshunos, zamonaviy Afgʻonistonni oʻrganish markazi eksperti Dmitriy Verxoturov ham qoʻshilmoqda.

"Mening fikrimcha, eng toʻgʻri stsenariy quyidagicha: tolibon harbiy harakatlar olib boriladigan hududlarni kengaytirishga harakat qiladi, ular bu ishni Tojikiston-Afgʻoniston chegarasini buzib oʻtish orqali boʻlsa ham, amalga oshirishga urinadi, ammo katta yoʻqotishlarga duch kelib, tamomila yoʻq qilib tashlanish haqidagi poʻpisadan keyingina ortga chekinishga majbur boʻladilar”, — deya taxmin qildi siyosatshunos.

Siyosatshunosning soʻzlariga qaraganda, yaqinda boʻlib oʻtgan Rossiya-Tojikiston harbiy mashgʻulotlarida Rossiya Harbiy Kosmik Kuchlarining quruqlikdagi kuchlarni qoʻllab-quvvatlash taktikasi mashq qilingan. Bunda Tu-22M3 bombardimonchilari va Su-25SM hujumchi samolyotlari qatnashgan. “Strateglar” tomonidan Pomir gʻorlariga 500 kilogramm kalibrli aviabombalar uloqtirilgan.
"Xullas, agar jangarilar Tojikistonga bosh suqadigan boʻlishsa, ularning boshiga Suriyadagi inilari kuni tushishi mumkin: yaʼni, ular havodan beriladigan zarbalar ostida qolib ketishadi” – deydi Verxoturov.

“Shu maʼnoda, — deydi siyosatshunos. – eng avvalo “Islom davlati” terrorchilari boʻylab zarba berish haqida Afgʻoniston hukumati bilan kelishib olish foydadan holi boʻlmasdi. Chunki, bu Afgʻoniston hukumatiga tinchlik oʻrnatish borasida katta yordam bergan boʻlar edi”, — deydi u ishonch bilan.

Tolibon harakati jangarilari. - Sputnik Oʻzbekiston
Hodisalar
Pokistondagi hujum uchun "Tolibon" javobgarlikni oʻz boʻyniga oldi

Toliblar hujumga oʻtmasligi mumkin, ammo “Islom davlati”ni Qobul jilovda tutolmaydi.

Siyosiy fanlar doktori, Rossiya-Tojikiston universiteti kafedra boshligʻi Hamid Saidov esa Afgʻoniston shimolida joriy yilda voqealar oʻta keskin tusda rivojlanishini taʼkidlamoqda.
“Soʻnggi uch oy davomida roʻy berayotgan voqealar, buning yaqqol isbotidir, deydi oʻz vaqtida Afgʻonistonda sobiq Ittifoq Bosh Harbiy maslahatchisi apparatida xizmat qilgan ekspert.
"Men Bogʻlon, Qunduz, Foriab va Balx provintsiyalarida roʻy bergan hodisalarni nazarda tutyapman. Mavjud maʼlumotlarga koʻra, ushbu provintsiyalardagi 20maga yaqin shaharlarda hukumat doimiy tarzda oʻzgarib turadi, rahbarlik goh toliblar, goh hukumat kuchlari qoʻliga oʻtadi. Shu munosabat bilan toliblar mahalliy hukumatga qarshi qaratilgan tashviqot ishlarini kuchaytirgan. Natija oʻta qaygʻuli – Afgʻoniston qurolli kuchlari saflarida, shuningdek politsiyada ommaviy dezertirlik ketmoqda”, — deya alohida taʼkidladi u.

Saidovning fikricha, afgʻon harbiylari hozircha mamlakat shimoliga taʼsir oʻtkaza oladi, Tojikiston uchun esa bu muhim.

"Shunday boʻlsada, Tojikiston muhofazani kuchaytirishi va ushbu hududni qattiqroq nazoratga olishi kerak. Xamadoniy, Parxar, Panj tumanlarida yashovchi aholi narigi tomonda muntazam ravishda otishma ovozlari eshitilib turishini taʼkidlashmoqda”, — deya taʼkidladi ekspert.

Islom davlati jangarilari. - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
“ID” oʻz raketalarini inson tanasini yemiruvchi modda bilan oʻqlamoqda

Ammo Tojikiston siyosatshunoslar Assotsiatsiyasi raisi Abdugʻani Mamadazimoning fikriga koʻra, Afgʻoniston tomondan “bahoriy qoʻzgʻalish” boʻlishi mumkin emas. Tojikistonning havotirlanishiga asos yoʻq, deb aytdi u.

 

“2004 yildan buyon, yaʼni Tojikistondan Rossiya harbiy askarlari olib chiqib ketilgandan buyon bizni “Tolibon”ning keskin hujumi haqida ogohlantirib kelishadi, shu bois, xavfsirashga hojat yoʻq, — deydi ishonch bilan Mamadazimov. 

Ekspertning fikricha, tolibon emas, “Islom davlati” terrorchilik uyushmasidan koʻproq havotirlangan maʼqul. “Xalifat”(qora bayroq” mafkurasi bilan qurollanib olgan “ID” musulmonlar yashaydigan davlatlar oʻrtasidagi chegarani tan olmaydi, shu bois, bir chegaradan ikkinchisiga osonlikcha oʻtaveradi”, deydi siyosatshunos.

Mamadazimovning soʻzlariga qaraganda, mana shu yerda Afgʻoniston haqiqatda bor imkon bilan beriladigan yordam va qoʻllab-quvvatlashga muhtoj.

“Yana bitta yov ustidan Qobul aniq gʻalaba qozona olmaydi”, deydi ekspert.

Maydonda oʻyinni kim boshqaradi?
Bugungi kunda “afgʻon maydonida” oʻyinchilar koʻp. Harbiy mojaroda ishtirok etish niyatida boʻlgan, yoinki, urushni toʻxtatish uchun bel bogʻlagan guruhlarga boshliq boʻlmoqchi boʻlganlar ham ancha.

AQSH, Xitoy, Afgʻoniston va Pokiston+ “Tolibon”, yaʼni “4+1” muzokara guruhi keng koʻlamda harakatlar olib bormoqda. Ammo ekspertlar fikricha, bu guruh faoliyati samara bermadi. Shuningdek, Xitoy-Pokiston-Afgʻoniston-Tojikiston alyansi hamda Hindiston, Xitoy, Rossiya, AQSH, Eron, Pokiston va Afgʻoniston(“6+1”) tarkibida yangi ishchi guruhini tashkil qilish rejalashtirilmoqda.

Amerikalik milliarder Donald Tramp. - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
Tramp: AQSH Iroqda urush boshlab, Yaqin Sharqdagi ahvolni zaiflashtirdi

"Kutilgan natijani bermagan “4+1” formatining oʻrnini Xitoy-Iroq-Afgʻoniston-Tojikiston tomonidan tuzilayotgan alyans bosishi mumkin, — deb hisoblayli Oʻrta Sharq va Markaziy Osiyo boʻyicha ekspert Aleksandr Knyazev. — Ushbu alyansni boshqarishga Xitoy daʼvogarlik qilmoqda. Pekin hukumati Afgʻon yoʻnalishi hamda unga qoʻshni boʻlgan mamlakatlarda oʻz siyosatini tobora izchillik bilan olib bormoqda".

Ekspertning soʻzlariga qaraganda, 2014 yildayoq vaziyatga maʼlum maʼnoda taʼsir koʻrsatishga urinish amalga oshirilgan. "Oʻshanda Xitoy, Tojikiston va Afgʻoniston Badaxshon provintsiyasida chegarani hamkorlikda nazorat qilish borasida uch tomonlama kelishuv imzolashgan edi. Yaʼni, Afgʻoniston shimolida Xitoydan Eronga eltuvchi yoʻl qurilishini taʼminlash uchun".
Ammo shu paytning oʻzida Afgʻoniston shimoli-gʻarbida va Badaxshon Qunduzida boshlangan terrorchilik guruhlarining faollashuvi bu qurilishni boshlashga yoʻl qoʻymadi.

Knyazevning fikricha, siyosiy oʻyin ishtirokchilari Xitoy regionda jadallik bilan oʻz xavfsizlik tizimini yaratishga urinayotganini hisobga olishlari lozim. Xitoyning oʻzi ham tarkibida mavjud "6+1"(Xitoy, Hindiston Rossiya, AQSH, Eron, Pokiston va Afgʻoniston) ishchi guruhining tuzilishiga qarshilik koʻrsatayotgani ham oʻyinchilar eʼtiborida boʻlishi kerak, deb hisoblaydi ekspert.

Tahlilchilarning fikriga koʻra, ushbu holatda Rossiya oʻz pozitsiyasini kuchaytirmogʻi lozim. Ammo qay tarzda?

Rossiya HKKga qarashli Tu-160 raketatashuvchi-bombardimonchisi - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Suriya operatsiyasi. Yakunlar

Ekspertlarning aytishicha, afgʻonlar Rossiyaning Suriyada erishgan yutuqlaridan qoyil qolgan. “3,5 oy ichida Rossiya mojaro oʻchogʻiga aylangan regionda urushni deyarli toʻxtatdi. "Bashar Asadni taxtdan agʻdarishni oʻz oldiga maqsad qilib olganlar bitta stol atrofida oʻtirib, muzokara olib borishlariga yarim yil oldin hech kim ishonmagan edi”, deb aytmoqda afgʻon parlamentidagilar.
Ammo Abdugʻani Mamadazimovning fikricha, Rossiya Afgʻonistonda Suriyada oʻtkazagan harbiy-havo operatsiyasini takrorlay olmaydi.

Chunki bu yerdagi reallik shuni taqazo qiladi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala