Dunyoda

Saudiya Arabistoni AQSH iqtisodiyotini sindirib tashlamoqchi

© Sputnik / Kirill Kallinikov / Fotobankka oʻtishSaudiya Arabistoni TIV rahbari Adal Al-Jubayra
Saudiya Arabistoni TIV rahbari Adal Al-Jubayra - Sputnik Oʻzbekiston
Saudiya Arabistonini "11 sentyabr voqealarida" aybdor deb topib, sudga tortish imkonini beruvchi hujjatning AQSH Kongressida muhokamaga qoʻyilgani ushbu tahdidlarga sabab boʻldi.

TOSHKENT, 16 apr – Sputnik. SAR TIV rahbari Adal al-Jubayr Vashingtonga uyushtirgan safari chogʻida Barak Obamaga mamlakat AQShdagi 750 milliard dollarlik aktivlarini sotuvga qoʻyishi mumkinligini haqida ogohlantirgan, deb xabar qilmoqda RIA Novosti, New York Times nashriga tayangan holda.

Nyu-Yorkda terakt sodir boʻlgan maydon - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
AQSH Senatorlari 11 sentyabr teraktlarida Saudiya Arabistonini ayblamoqda

“Agar AQSH Kongressi 11 sentyabr voqealari uchun Saudiya Arabistonini sudga tortish huquqini beradigan loyihani tasdiqlasa, biz, AQShdagi 750 milliard dollar qiymatiga ega boʻlgan qimmatbaho qogʻozlar va boshqa aktivlarimizni sotuvga qoʻyishga majbur boʻlamiz”, — deya taʼkidlagan Adal al-Jubayr.

Bunday ogohlantirishdan soʻng, prezident Barak Obama kongressmenlarni ushbu qonun loyihasini rad etishga koʻndirishga uringan. Obama bu loyiha tufayli AQSH diplomatiya va iqtisodiy tomondan ziyon koʻrishi mumkinligini taʼkidlagan, deb yozadi nashr

Amerika rahbari 2001 yil Nyu-York shahrida sodir etilgan teraktlar boʻyicha surishtiruv natijalari bayon etilgan hujjatlarni ommaga havola qilish boʻyicha qarorni 60 kun ichida qabul qiladi.

Surishtiruv natijasiga koʻra, “11 sentyabr voqealarida” Saudiya Arabistonining qoʻli borligi maʼlum boʻlgan.

Eslatib oʻtamiz, 2001 yilning 11 sentyabrida AQShda “Al-Qoida” terrorchilik uyushmasining kamikadze-terrorchilari toʻrtta samolyot qoʻlga olib, shulardan ikkitasini Nyu-York ramzi boʻlmish mashhur egizak binolarga, qolgan ikkitasini esa Pentagon va, taxminlarga koʻra, Oq Uy yoki Kapitoliyga yoʻnaltirishgan. Oxirgi samolyotdan tashqari barchasi koʻzlangan manzilga yetib borgan.

Toʻrtinchi samolyot Pensilvaniya shtati Shanksvill shahri yaqinida qulagan. 11 sentyabr voqealarida 2974 kishi halok boʻlgan, 24 kishi hozirga qadar bedarak yoʻqolgan, deb hisoblab kelinadi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala