Sport

Qoʻlga kiritilgan olimpiada litsenziyalar soni 65 taga yetdi

© AP Photo / David J. PhillipRio-de-Janeyro Iso Masih haykali
Rio-de-Janeyro Iso Masih haykali - Sputnik Oʻzbekiston
Oʻtgan dam olish kunlari davomida Oʻzbekiston sportchilarining olimpiada litsenziyalari soni yana 5taga koʻpaydi.

TOSHKENT,18 apr — Sputnik. Oʻtgan shanba yakshanba kunlari Rio-de-Janeyroga yoʻllanma olgan sportchilar soni yana beshtaga oshdi, dedi Milliy Olimpiada qoʻmitasi matbuot xizmati.

Tayekvodo boʻyicha Nikita Rafalovich, Nigora Tursunkulovalar Filippin poytaxti Manilada boʻlib oʻtgan musobaqalarda muvaffaqiyatli qatnashib Olimpiada litsenziyalari qoʻlga kiritishdi.

Stol tennisi boʻyicha Gonkongda boʻlib oʻtgan musobaqada Zohid Kenjayev olimpiada litsenziyasini qoʻlga kiritdi. Kenjayev ushbu sport turidan olimpada musobaqalari darajasiga koʻtarilgan birinchi Oʻzbekistonlik sportchi boʻldi.  

Yana ikki olimpiada litsenziyasi Oʻzbekiston jamoasi gimnastika boʻyicha qoʻlga kiritdi. Ular Pekin olimpiadasi sovrindorlari Anton Fokin va Oksana Chusovitina. Ushbu litsenziya bilan birga Chusovitina faoliyati davomida olimpiada oʻyinlarida eng koʻp marta qatnashish boʻyicha rekord oʻrnatishi mumkin.

1975 yilda Buxoroda tugʻilgan Oksana Chusovitina olimpiada oʻyinlarida qatnashishni 1992 yilda boshlagan, Rio-de-Janeyrodagi olimpiada oʻyinlari gimnastikachi faoliyatida yettinchi olimpiada oʻyinlari boʻladi. Ushbu sohada oldingi rekord Bolgariyalik gimnastikachi Yordan Yovchevga tegishli edi. U olti olimpada qatnashchisi boʻlgan.

 

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala