Qobuldagi AQSh elchixonasi yonida portlashda bir necha kishi qurbon bo‘ldi

© SHAH MARAI / AFPQobuldagi portlash oqibati
Qobuldagi portlash oqibati - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qurbonlar soni haqida hozircha aniq ma’lumot yo‘q, guvohlar aytishicha Qobulda otishma etitilmoqda.

 

TOShKENT, 19 apr — Sputnik. Afg‘onston poytaxti markazida, AQSh elchixonasi yonida portlash sodir bo‘ldi va otishma eshitilmoqda, RIA Novosti Reyter xabariga asosan.

Qobul markazida ro‘y bergan portlashda qurbonlar va jarohatlanganlar bor, lekin ularning soni haqida hozircha aniq ma’lumot yo‘q. Guvohlar aytishiga qaraganda Qobul osmonida quyuq tutun ko‘rinmoqda, shaharda otishma va sirena ovozlari eshitilmoqda.

AQSh elchixonasi yonida NATO shtab kvartirasi ham joylashgan. Portlash oqibatida ushbu binolar zarar ko‘rmagan.

Afg‘onistonda bahorda, tog‘larda qorlar erishi va yo‘llar ochilishi bilan, turli qurollangan guruhlar faolligi seziladi. Asosan “Tolibon” ta’siri ostida bo‘lgan ushbu mamalkatda oxirgi vaqtda“Islom davlati” ta’siri ham kuchaymoqda. Ba’zi xabarlarga ko‘ra, Suriyada o‘z kuchini yo‘qotgan “Islom davlati”, Afg‘onistonda o‘rnashib olishga qaror qilgan.  

“Tolibon” bunga qarshi bo‘lgani sababli, guruhlar orasida ba’zan o‘zaro to‘qnashuvlar ham bo‘lib o‘tmoqda. Afg‘oiston hukumatining tinchlik shartnomasi tuzishga qaratilgan sa’y-harakatlari hozircha muvaffaqiyatga olib kelmadi.

 

Yangiliklar lentasi
0