OAV: “Islom davlati” terrorchilari Yevropa plyajlarini nishonga olmoqda

© Sputnik / Igor Zarembo / Mediabankka o‘tishPlyaj.
Plyaj. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qo‘poruvchilik harakatlari Italiya, Ispaniya va Fransiya janubidagi sohillarda amalga oshirilishi mumkin, deb xabar qilmoqda OAV Germaniya maxsus xizmatidan olingan ma’lumotlar asosida. Terrorchilar salqin ichimliklar va suvenirlar sotuvchilari qiyofasida plyajlarda paydo bo‘lishi taxmin qilinmoqda.

TOShKENT, 19 apr – Sputnik, Tatyana Firsova. “Islom davlati” terrorchilik uyushmasi Yevropa plyajlarida teraktlarn amalga oshirishni rejalashtirmoqda, deb xabar qiladi seshanba kuni Germaniyaning Bild nashri. Ushbu ma’lumotni Germaniya maxsus xizmat vakillari italiyalik hamkasblaridan olingani aytilmoqda, RIA Novosti xabari asosida.

Italiya maxsus xizmati bergan ma’lumotlarga ko‘ra, deb yozadi nashr terrorchilar plyajlarda suvenirlar va salqin ichimliklar sotuvchilari ko‘rinishida paydo blishni rejalashtirishmoqda.

Teraktlar Italiya, Ispaniya va Qransiya janubidagi sohillarda amalga oshirilishi mumkinligi aytilmoqda.
“Islom davlati” terrorchilik uyushmasi bugungi kunda dunyo xavfsizligiga tahdid qilib kelayotgan eng yirik xavflardan biridir. Uch yil ichida terrorchilar Iroq va Suriya hududining kattagina qismini egallab oldi. Bundan tushqari, “ID” Shimoliy Afrika, jumladan, Liviyada o‘z ta’sirini o‘tkazishga harakat qilib kelmoqda.

Yangiliklar lentasi
0