Rossiya kun tartibida Katta sakkizlikka qaytish masalasi yo‘q

© Sputnik / Aleksey Nikolskiy / Mediabankka o‘tishG8 uchrashuvida suratga tushish
G8 uchrashuvida suratga tushish - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Dmitriy Peskovning so‘zlariga qaraganda, ayni zamonda G20 formati Rossiya uchun muhimroq.

TOShKENT, 19 apr — Sputnik. Rossiyaning G8 mamlakatlar ro‘yxatiga qaytish masalasi kun tartibida yo‘q, dedi Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov. Peskovning so‘zlariga qaraganda, hozirgi zamonda Rossiya uchun “Katta yigirmalik” formati qiziqroq.

“Bizning nuqtayi nazardan “Katta yigirmalik” formati dunyodagi iqtisodiy va boshqa jarayonlarga ko‘proq ta’sir ko‘rsatadigan mamlakatlarni birlashtirgan eng to‘liq tarkibdir”, — deb qo‘shimcha qildi Peskov.

Eslatib o‘tamiz, Katta yigirmalikka  (G20) dunyoning iqtisodiy jihatdan eng rivojlangan va  rivojlanayotgan yigirmata mamlakati kirdai. Ular Avstraliya, Argentina, Braziliya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Indiya, Indoneziya, Italiya, Kanada, Xitoy, Meksika, Rossiya, Saudiya Arabistoni, AQSh, Turkiya, Fransiya, Janubiy Koreya, JAR va Yaponiya.

Katta sakkizlik (G8) xalqaro klubiga esa Buyuk Britaniya, Germaniya, Italiya, Kanada, Rossiya, AQSh, Fransiya va Yaponiya kiradi.

 

Yangiliklar lentasi
0