O‘zbekiston havo yo‘llari Eronga yuk reyslarini ochdi

© Sputnik / Vladimir Fedorenko / Mediabankka o‘tishTehron shahar ko‘rinishi
Tehron shahar ko‘rinishi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ushbu yilning 29-aprelidan boshlab O‘zbekiston havo yo‘llari va Korean Air birgalikda Eronga doimiy yuk reyslarini amalga oshirishni boshlaydi.

TOShKENT, 20 apr — Sputnik. O‘zbekiston havo yo‘llari va Korean Air aviakompaniyasi ushbu yilning 29-apreldan boshlab Eronga doimiy yuk parvozlarini amalga oshirishni boshlaydi, Milliy aviakompaniya matbuot xizmati xabari asosida.

Parvozlar Tehronning Imom Humayniy xalqaro aeroportga Boeing-767-300BCF samolyoti yordamida bir haftada ikki marotaba — dushanba va juma kunlari amalga oshiriladi.

Tehronga reyslarning ochilishi Frankfurt, Vena, Milan, Saragosa, Tel-Aviv, Dubay, Deli, Mumbay va Seulga yuk reyslari amalga oshirilayotgan «Navoiy» xalqaro aeroportining yuk tashish tarmog‘iga muhim yo‘nalish bo‘lib qo‘shiladi.

Yangiliklar lentasi
0