Rossiya NATO ustidan diplomatik g‘alaba qozondi - Independent

© Foto : NATONATOning v Brusseldagi shtab-kvartirasi
NATOning v Brusseldagi shtab-kvartirasi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
NATO tashabbusi bilan Rossiya – NATO muzokaralarining qayta boshlanishi - bu Rossiyaning diplomatik g‘alabasi, deb hisoblaydi Independent nashri muallifi Meri Dejevski.

TOShKENT, 19 apr — Sputnik. Rossiya bilan muzokaralarni qayta boshlar ekan NATO o‘zining Ukrainadaga hatti-harakatlarining boshi berk ko‘chaga kirib qolganligini tan oladi, deb hisoblaydi Independent nashri muallifi Meri Dejevski, RIA Novosti xabari asosida.

Rossiya har doim bir narsani ta’kidlab kelardi: Munosobatlarni qayta tiklash NATOga bog‘liq, chunki alyansning o‘zi avval ushbu munosobatlarni buzgan edi. G‘arb ham ushbu haqiqatni tan olgandek, o‘zi Moskvaga birgalikda majlis o‘tkazishni taklif qildi.

“Rossiya va NATO uchrashuvi bu Moskvaning katta diplomatik g‘alabasidir, lekin undan ham muhimi — bu G‘arbning tashqi siyosatida realizmning g‘alabasidir”, — deb hisoblaydi jurnalist.

Oxirgi yillarda G‘arb tashqi siyosati bilan asosan mafkurachilar va xayolparastlar  shug‘ullanib kelishgan va Ukraina ushbu mafkuraviy urush maydoniga aylangan edi. Har doimgidek, G‘arb idealistlari bu yerda o‘zining g‘alabaisga ishongan edi, lekin bunga ularning kuchi yetmadi. Nihoyat, maydonga realistlar tushmoqda.

Shu bilan bir vaqtda Rossiya nuqtayi nazari bilan hech kim hisoblashmagan edi. Avval Undan Minsk shartnomasini bajarishni talab qilishdi. Rossiya talablarni bajardi. Keyin bo‘lsa Qrimni qaytarmaguncha hech qanday munosobatlar tiklanmaydi deb e’lon qilishdi. Bunga esa Kiyevda ham hech kim ishonmaydi, deydi Dejevski.

Rossiya va NATO uchrashuvi Brusselda 20-aprel kuni bo‘ldib o‘tadi. Oxirgi ikki yil davomida bu birinchi uchrashuv bo‘ladi. Tomonlar Ukraina masalasini va harbiy xarajatlarni kamaytirish masalasini muhokama qilishadi.

Yangiliklar lentasi
0