Dunyoda

Rossiya yoshlari ekspeditsiyasi Arktikaga yoʻl oldi

Ekspeditsiya aʼzolari Rossiyaning muzlarda koʻchib yuradigan “Barneo” stantsiyasiga uchib kelishdi. Ularning tajribali sayyoh Matvey Shparo rahbarligidagi Shimoliy Qutbga sayohati shu yerdan boshlanishi kutilmoqda.

TOSHKENT, 20 apr — Sputnik. Rossiyaning yoshlardan iborat ekspeditsiyasi Artktikaga yoʻl oldi — sayyoraning eng shimoliy nuqtasiga sayohat aynan oʻsha yoqdan boshlanadi, deb xabar qildi seshanba kuni Rossiya Fan va taʼlim vazirligi.

"Oʻn toʻqqizinchi aprel kuni Rossiyaning “Shimoliy qutbga changʻilarda!” IX yoshlar jamoasi Arktikaga yoʻl oldi. Yosh qutbchilar tajribali sayyoh Matvey Shparo rahbarligida Arktikadagi suzuvchi stantsiya – “Barneo”ga uchib ketishdi. Ekspeditsiya Shimoliy Qutbga tomon sayohatni aynan oʻsha yerdan boshlaydilar”, — deyilgan xabar matnida.

Yoshlar ekspeditsiyasi Rossiya Fan va taʼlim vazirligi homiyligida oʻtkazilmoqda. 2015 yilda qutbga sayohat muassasa rahbari Dmitriy Livanov boshchiligida oʻtkazilgan edi.

"Ilk marotaba jamoani saralashda nomzodlarning jismoniy tayyorgarligi bilan birga oʻqishdagi mvaffaqiyatlariga ham eʼtibor qaratildi. 2016 yilda jamoaga kadet korpusi tarbiyalanuvchilari koʻproq qabul qilindi",  — deb taʼkidlashdi vazirlikda.

Bu yilgi jamoa Moskva, Sankt-Peterburg, Kirov, Kemerovo, Vologda, Chelyabinsk va Xabarovsk shaharlaridan boʻlgan 16-17 yoshlardagi 7 nafar yosh kadetlardan tuzilgan. Uch qiz va toʻrt yigit 7 kun ichida koʻchib yuruvchi muzlar orqali yuz kilometrlik masofani bosib oʻtishlari kerak boʻladi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala