Rossiya OTMlari O‘zbekistonlik abituriyentlardan hujjat qabul qilishni to‘xtatdi

© Sputnik / Aleksandr Krajev / Mediabankka o‘tishDiktant yozish
Diktant yozish - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rosiyada o‘qishni istagan O‘zbekistonlik abituriyentlar hujjatlari Rossiya OTMlariga topshirish muddati tugadi. Hujjatlar elektron ko‘rinishda ikki oy mobaynida qabul qilingan edi.

TOShKENT, 20 apr — Sputnik. Rossotrudnichestvo chet ellik abituriyentlardan hujjatlar qabul qilishni to‘xtatdi, deyilgan tashkilot xabarida.

O‘zbekistonlik abituriyentlarning hujjatlari Rossiya oliy o‘quv maskanlariga yuborildi. Oliy o‘quv yurtlariga dunyoning 100dan ortiq mamlakatlaridan abituriyentlar hujjat jo‘natishdi.

Ariza berish maxsus portal orqali ikki oy davomida elektron ko‘rinishda o‘tkazilgan. www.russia.study portali orqali murojaat qilish hujjat topshirish jarayonini ancha osonlashtiridi.

Rossiyada har yili 15 ming chet ellik talabalar o‘qiydi. Chet ellik talabalar orasida eng ommaviy yo‘nalishlar bu tabiiy fanlar, meditsina, rus tili va madaniyat va san’at yo‘nalishlaridir. 

Yangiliklar lentasi
0