Tojikiston tog‘larida Rossiya harbiylari jangarilar karvonini yo‘q qildi

Obuna bo‘lish
Hisor tog‘larida Tojikiston va Rossiya terrorchilarga qarshi o‘quv-mashg‘ulotlar o‘tkazilmoqda.

TOShKENT, 20 apr — Sputnik. Rossiya Markaziy Harbiy okrug matbuot xizmati xabariga ko‘ra, ushbu o‘quv mashg‘ulotlarida razvedkachilar "Streles" nomli zamonaviy nishonga olish, boshqarish va aloqa tizimlaridan foydalanishgan.

“Nishon aniqlangan va unga zarba berilgan vaqt orasi uch yarim minutdan oshmadi. Minomotchilar “karvonni” to‘xtatib noqonuniy yuk tashiyogan avtomobillarga ham zarba berishdi. Jinoyatchilar guruhi yo‘q qilinganini maxsus qo‘shlar razvedka guruhlari tekshirib, tasdiqlashdi.

Rossiya va Tojikistonning birgalikda o‘tkazayotgan “Qidiruv – 2016” o‘quv mashg‘ulotlari Tojikiston tog‘larida 18-22 aprel kunlari o‘tkazilmoqda.  

Yangiliklar lentasi
0