Obama saudiyachilarni NATO bilan “do‘stlashtirmoqchi”

© Sputnik / Sergey Guneyev / Mediabankka o‘tishAmerika Qo‘shma Shtatlari prezidenti Barak Obama
Amerika Qo‘shma Shtatlari prezidenti Barak Obama - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Barak Obama Ar-Riyodga safar uyushtirdi. U yerda AQSh prezidenti Saudiya Arabistoni va uning qo‘shnilarini NATO bilan hamkorlik qilish masalasini muhokama qilmoqchi. Aytishlaricha, gap o‘ta yaqin va deyarli tenghuquqli(garchi, arablar bunga ishonmasa-da)hamkorlik haqida borishi kutilmoqda.

TOShKENT, 20 apr — Sputnik, Yelena Suponina, MIA "Rossiya segodnya" uchun. Obama Saudiya Arabistoniga tashrif uyushtirdi. Chorshanba kuni u mamlakat qiroli Salmon, uning o‘g‘li, taxt vorisi shahzoda Muhammad bilan muzokaralar o‘tkazadi.

Saudiya Arabistoni TIV rahbari Adal Al-Jubayra - Sputnik O‘zbekiston
Saudiya Arabistoni AQSh iqtisodiyotini sindirib tashlamoqchi

Payshanba kuni esa, AQSh prezidenti Ar-Riyodda Fors qo‘ltig‘idagi arab davlatlari rahbarlari – olti nafar qirol bilan umumiy kengash o‘tkazishni rejalashtirgan.

Boyvachcha arablar ayni vaqtda Amerikadan g‘ashlanib qolgani uchun, Barak Obama ulardagi bu tund kayfiyatni tarqatib yuboruvchi taklif bilan kelgan. AQSh prezidentining taklifi, arablarning Eronga nisbatan hadigini ham yo‘qotish kuchiga egaligi aytilmoqda.

Varshavadagi NATO sammiti — Sharqqa burilish
Obama, gapning indallosini aytganda, Saudiya Arabistoni va uning qo‘shnilarini NATOga qo‘shilishga da’vat qilmoqda. Arablar, tenghuquqli hamkor maqomiga ega bo‘lmasliklari shubhasiz; chunki “kutilmagan surprizlarga” ishqivoz Turkiyaning o‘zi hozircha hammaga yetib ortadi. Gap yanada yaqin, va deyarli tenghuquqli(garchi arablar bunga ishonqiramasa-da) hamkorlik haqida borishi aytilmoqda.
Ushbu muzokaralar natijalari, Varshavada bo‘lib o‘tadigan sammitning eng dolzarb masalasiga aylanishi kutilmoqda.

Rossiya Havo Kosmik Kuchlari Suriyadagi IDning neftni qayta ishlash zavodiga aviazarba bermoqda - Sputnik O‘zbekiston
AQSh Milliy razvedkasi: Rossiya va Xitoy bizning bosh dushmanimiz

Bu bilan NATO Rossiya chegarasiga yanada yaqinlashishni ko‘zlayotgani kundek ravshan.
Ammo… Shoshilmaylik.
Gap shundaki, Obama, shunchaki, ikkinchi urinishni amalga oshirmoqda. Bunga qadar, o‘tgan asrning to‘qsoninchi yillarida, alyans arablar bilan yaqin munosabat o‘rnatishga harakat qilib ko‘rgan edi. Ushbu urinishlar esa, “arab bahori” deb nom olgan inqilob tufayli to‘xtab qolgandi. Mana endi NATO Yaqin Sharq tufayli “yangilanib” olishni ko‘zlamoqda.

Qirollar va “oqsoshni” xohlamayotgan o‘rdak
Olib borayotgan tashqi siyosatiga qaraganda, Obama, arab shahzodalariga unchalik iltifotli emas. Shahzodalar buni yaxshi biladi, va “salomga yarasha alik” deganlaridek, AQSh rahbarini hurmat qilishmaydi. Faqat “badaviylarga xos nafratni” zo‘r berib oq yopinchiqlar ostida saqlaydilar.
Kelishmovchiliklar oz emas, tomonlar umumiy yig‘ilishda bahosi yuz milliard dollarlik mavzularda muzokara olib borishadi (neft va qurol-yarog‘ mavzusi ham albatta chetda qolmaydi), shunday qilib, chetdan qaralganda, uchrashuv har tomonlama shohona kechishi aniq.
Qanday bo‘lmasin, qirollar bilan uchrashish baribir yoqimli. Qirollar bilan uchrashish “ta’mini” totgan Obama, shu boisdir, bu mavzuni juma kuni davom ettirishni ko‘zlagan. Faqat bu safar uchrashuv manzili Buyuk Britaniya bo‘ladi.

Amerika Qo‘shma Shtatlari prezidenti Barak Obama. - Sputnik O‘zbekiston
Obama Yaqin Sharq mamlakatlarini qo‘llab-quvvatlashga va’da berdi

London yaqinidagi Vindzor qasrida Barak Obama va uning rafiqasi Mishel qirolicha Yelizaveta II bilan tushlik qilishadi. Uchrashuvdan bir kun oldin, ya’ni 21-aprelda qirolicha 90 yoshni qarshi oladi, demakki, tabriklash uchun bahona bor. Kechroq, poytaxtda, Kensington saroyida shahzoda Garri bilan kechki nonushta bo‘lib o‘tadi. Ungacha Obama Buyuk Britaniya Bosh vaziri bilan rasmiy muzokaralarda qatnashishga ulguradi.
Obamani yakshanba kuni quchoq ochib kutib oladigan Germaniyada qirollar yo‘q, “shohona muddat” — 11-yildan beri hukumatga rahbarlik qilib kelayotgan Angela Merkelning ulardan nimasi kam?
Xullas, Barak Obama bu turne bilan o‘zining “oqsoq o‘rdak” emasligini, prezidentlik muddati tugayotgan esa-da, hali ko‘p narsa unga bog‘liqligini aytmoqchi bo‘lyapti. Obama yuborayotgan signallardan yana biri: Yaqin Sharq va Yevropa bir-biriga shu qadar chambarchas bog‘lanishgan-ki, AQSh “yordamisiz” ular hech narsa qilisholmaydi go‘yo…

Obamaning Klinton oldidagi “sharqona” qarzi

Barak Obama o‘zi prezidentlik qilgan davrda AQShning arab qirollari bilan munosabati yomon tomonga o‘zgargan degan gap tarixda qolishini xohlamaydi.

Bu “imijni” to‘g‘rilash esa, nafaqat Obama balki, demokratik partiyadan prezidentlikka nomzod Xillari uchun ham juda muhim. Xillariga g‘alaba qozonishda yordam berish uchun Obama bor kuchini namoyish qilib, bu borada g‘alaba qozonmog‘i kerak. Va u shunga intilmoqda.

Ammo hozircha g‘alabadan nom-nishon yo‘q. Aksincha, AQSh har qadamda kutilmagan vaziyatlarga duch kelmoqda.
Barak Obama muntazam ravishda ikkilanadi, va o‘zi aytadigan chiroyli gaplarga zid harakatlarga yo‘l qo‘yadi. Bir qarasangiz, u butun dunyoga hamma yoqdan, jumladan, Yaqin va O‘rta Sharqdan o‘z harbiylarini olib chiqishi haqida e’lon qiladi. Bir qarasangiz, haqiqatga duch kelgach, Amerika harbiylarini yana ortga qaytaradi – ayni vaqtda Afg‘oniston va Iroqda, qolaversa, Suriya va Liviyada xuddi shunday ahvol yuzaga kelgan.

Bir qo‘ltiqda ikki tarvuz tutgan Obama
Aksariyat arablar, birinchi navbatda Saudiya Arabistoni tobora mavqe jihatdan kuchayib borayotgan Erondan xavfsiraydi. Obama esa Eronni tanlab, u bilan munosabatlarni yaxshilay boshladi. Arablar uni shu uchun ham kechirolmaydi. Ammo AQShga yangi rahbar tayinlansa, vaziyat o‘zgarishiga umid qilib, tarixning ushbu sahifasini “o‘tkazib yuborishga tayyordek” ko‘rsatishmoqda o‘zini.
Ammo, Obama, yangi saylovlarga qadar forslardan ko‘ngli sovib, qilgan xatosini anglashi mumkin, deya taxminlar qilayotganlar ham yo‘q emas. Umuman olganda, yo‘ldan qaytish va o‘zining eski ittifoqdoshlarini sotish u uchun katta muammo emasligini aytish joiz(Misr prezidenti Muborakni yodga olaylik), demak, eronliklar qiyofasidagi yangi yo‘lovchilar haqida gapirmasa ham bo‘ladi.

Lukoyl kompaniyasining neft yuk ortuvchi terminali. - Sputnik O‘zbekiston
Reuters: Eron dollarga neft sotishdan voz kechdi

Sharqona tilda aytganda, Barak Obama bir qo‘ltiqda ikkita tarvuzni sig‘dirishga urinmoqda, ya’ni arablar bilan ham eronliklar bilan ham hamkorlikni saqlab qolmoqchi. Kelajakda esa, ishlar yurishib ketsa, Saudiya Arabistonini Eron bilan yarashtirish orzusi ham yo‘q emas unda.
Hozircha esa, Eronning o‘rta uzoqlikdagi raketalarni birin-ketin sinovdan o‘tkazayotganidan asablari tang holatga kelgan arablarni tinchlantirish uchun, amerikaliklar ularga o‘zining eng yangi raketaga qarshi mudofaa tizimlarini taklif qilishga tayyor.
NATO va Fors ko‘rfazi arab davlatlari hamkorligi kengashi o‘rtasidagi hamkorlikning yangi konsepsiyasini qo‘rquvga qarshi yangi dori, deb atash mumkin.

Yangiliklar lentasi
0