Turkiyada turizmni o‘ldirgan to‘rt xato

© Sputnik / Valeriy Melnikov / Mediabankka o‘tishKimsasiz plyaj
Kimsasiz plyaj - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bu yil turklar “Turizm haftasi”ni yolg‘izlikda kutib olishdi, chunki chet ellik mehmonlar Turkiyani aylanib o‘tmoqda, deb yozadi Mexmet Tezkan.

TOShKENT, 20 apr — Sputnik. Turkiya iqtisodiyotining muhim tarmoqlaridan biri bo‘lgan turizm, Anqaraning ichki va tashqi siyosatdagi kechirilmas xatolari tufayli qurbon bo‘ldi, deb yozadi Millyet nashri muallifi Mexmet Tezkan.   

Turkiyaning birinchi xatosi bu Suriya ichki ishlariga aralashish bo‘ldi. Oqibatda mamalkatga 2,7 million qochqinlar kirib keldi, Egey dengizi bo‘lsa qochqinlar kemalariga to‘lib ketdi. Ko‘plab qochqinlar u yerda cho‘kib qurbon bo‘ldi va dengiz “o‘lim dengizi” nomini oldi.

“Siz tubida bolalar jasadi bilan to‘la dengizga kirib cho‘milarmidingiz?”, — deb savol berdai jurnalist.

Ikkinchi muammo, bu Anqaraning radikal islom oqimiga aloqador barchani o‘z hududida qabul qilgani bo‘ldi. Oqibatda mamlakat “Islom davlati” jangarilariga to‘lib chiqdi. Ular endi Turkiya ichida faoliyat yuritmoqda, teraktlar uyushtirmoqda,  deb yozadi Tezkan.   

Keyin bo‘lsa Turkiya Moskvaga nisbatan ulkan xatoga yo‘l qo‘ydi. Rossiyalik turistlar Turkiya sayohlik sohasiga ulkan daromad keltirayotgan edi. Dastavval, Anqara Rossiya samolyotini urib tushirdi, keyin qadam-ba-qadam Moskva bilan munosobatlarini yo‘qqa chiqardi.

“Biz, mamlakatda sayyohlik sohasining ustuni bo‘lgan ruslarni yo‘qotdik”, — deb yozadi Tezkan.  

Va nihoyat, Turkiya hukumati Qurdiston Ishchi partiyasi bilan munosobatlarini ham tinchlik yo‘li bilan ham qilishga harakat qilmadi. Endi bo‘lsa Turkiya ko‘chalarida har qadamda xaos va ofat — Ikkinchi Jahon urushini eslatadi. Bunday dahshatli sharoitda, mamlakatga nega turistlar kelmayotganiga, albatta, hayron bo‘lmaysiz, — deb kinoya qiladi so‘zining oxirida jurnalist.

Yangiliklar lentasi
0