O‘ttiz yillik sir: Janubiy Koreyada 500 nafar yetim-bolalar shafqatsizlik qurboni bo‘lgan

© Sputnik / Konstantin Chalabov / Mediabankka o‘tishBolalar uyi tarbiyalanuvchisi
Bolalar uyi tarbiyalanuvchisi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
1975-yil Janubiy Koreyada Seulda o‘tkaziladigan olimpiada munosabati bilan “ko‘chalarni daydi bolalardan tozalash” haqida farmon chiqarilgan edi. O‘sha paytdan boshlab shafqatsizlarcha munosabat tufayli 500 nafarga yaqin yetim bolalar hayotdan ko‘z yumgan.

TOShKENT, 20 apr — Sputnik. Janubiy Koreya hukumati boshpanasiz o‘smirlar bilan o‘ta shafqatsiz munosabatda bo‘lganini 30-yil davomida yashirib kelgan, deb xabar bermoqda RIA Novosti Assoshieyted Press agentligidan olingan ma’lumot asosida.
Gap shundaki, 1988-yilda Seulda o‘tkaziladigan olimpiada munosabati bilan 1975-yil Janubiy Koreyada “ko‘chalarni boshpanasiz daydilardan” tozalash haqida qaror qabul qilingan edi. Natijada, yetimxonalarga yuborilgan minglab o‘smirlar jismoniy tahqirlash, shafqatsizlik, zo‘ravonlikka duchor bo‘lganlar, deb xabar qiladi agentlik. Shuningdek, o‘smirlardan majburiy mehnatda foydalanilgani aytilmoqda.

Assoshieyted Press tomonidan o‘tkazilgan surishtiruv natijasida, yetimxonalarda tarbiyalangan bolalar o‘rtasida 513dan ortiq o‘lim holatlari qayd etilgani ayon bo‘ldi.

Hukumat hujjatlariga muvofiq, bu kabi muassasalarda tarbiyalanuvchi bolalar soni 20 mingga yaqin bo‘lgan.
Agentlik xabariga ko‘ra, muassasalarning ichki faoliyati bundan oldinroq fosh qilinmaganining yagona sababi, bu faktlar eng oliy darajada sir saqlanib kelingan. Ushbu ish yuzasidan surishtiruv o‘tkazish uchun qilingan ikki urinish esa yuqori lavozimga ega amaldorlar tomonidan qaytarilgan.
O‘sha amaldorlar keyinchalik “bunday xizmat uchun” yanada yuqori lavozimlarga ko‘tarilgan.

Ayni vaqtda o‘smirlarga nisbatan yo‘l qo‘yilgan huquqbuzarlik uchun javobgarlikni hech kim o‘z bo‘yniga olgani yo‘q.

Agentlik ta’kidiga ko‘ra, Janubiy Koreya hukumati rasman sud jarayoni boshlanishiga har tomonlama qarshilik ko‘rsatmoqda. Ular o‘z e’tirozini bu ishning ancha eskirgani bilan izohlashmoqda.
Yetimxonalarning sobiq tarbiyalanuvchilari orasida ko‘pchiligi sukut saqlasa, ayrimlari, hukumat o‘z harakatlarini g‘ayriqonuniy deb tan olishiga va tahqirlanganlardan rasman uzr so‘rashiga umid qilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0