Dunyoda

Xafa boʻlgan Saudiyaliklar Obamani sovuq kutib olishdi

© Jim Watson / AFPSaudiya Arabistonida Barak Obamani Er-Riyad hokimi kutib oldi
Saudiya Arabistonida Barak Obamani Er-Riyad hokimi kutib oldi - Sputnik Oʻzbekiston
Saudiya Arabistoni Obamaga ehtiyotkorona munosobatda boʻlishmoqda. Buning sababi AQShning (Saudiyaning doimiy raqibi) Eron bilan yaqinlashuvi va Saudiya Arabistoniga nisbatan “ittifoqchi deb atalmish” degan iborani qoʻllagani boʻlmoqda.

TOSHKENT, 21 apr — Sputnik. AQSH prezidenti Barak Obamani Saudiya Arabistonida sovuq kutib olishdi. Qirol Salman ibn Abdul-Aziz al-Saud AQSH prezidentini aeroportda shaxsan kutib olmadi, deb xabar beradi RIA Novosti.

Nyu-Yorkda terakt sodir boʻlgan maydon - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
AQSH Senatorlari 11 sentyabr teraktlarida Saudiya Arabistonini ayblamoqda

Ekspertlar taʼkidlashicha, Saudiya Arabistoni bir necha yil oldin Djordj Bushni ham shunday sovuq kutib olishgan edi. 

“Obama Saudiya Arabistonini naqadar qattiq ranjitgani, bugun maʼlum boʻldi. Uni juda sovuq kutib olishdi”, — deb yozdi Der Spiegel jurnali.  

Gulf Research Center tahlilchisi Mustafa Alanining fikricha AQSH prezidentini kutib olishda yuqori lavozimli shaxslarning yoʻqligi bu Saudiya Arabistoning AQSH prezidentiga ishonmaslik belgisidir.

“Saudiyaliklar va AQShning oldingi prezidenti oʻrtasida ham bir necha tushunmovchiliklar bor edi, lekin bu safa ular oʻz vaʼdalarini bajarmagan AQSH prezidentiga mutlaq ishonmasliklarini namoyish qilishdi”, — dedi Alani.  

Saudiya Arabistoni TIV rahbari Adal Al-Jubayra - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Saudiya Arabistoni AQSH iqtisodiyotini sindirib tashlamoqchi

Saudiya va AQSH oʻrtasida bir necha oʻzaro ayblovlar bor. AQSH kongressida oxirgi vaqtlarda Saudiya Arabistoni koʻp marotaba tanqid qilindi. Siyosatchilar Ar-Riyodga qurol sotishni taʼqiqlash  va mamlkatni 11 sentyabr teraktlariga aloqadorlikda ayblashdi. Bunga javoban Saudiya Arabistoni AQSH iqtisodini kasodga uchratish bilan poʻpisa qilgan edi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala