Moskvada Islom Karimov tashrifiga tayyorgarlik ko‘rilmoqda

© Sputnik / Mixail Klimentyev / Mediabankka o‘tishRossiya prezidenti Vladimir Putin va O‘zbekiston prezidenti Islom Karimov
Rossiya prezidenti Vladimir Putin va O‘zbekiston prezidenti Islom Karimov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston prezidenti Islom Karimov 25-26 aprel kunlari Rossiyaga rasmiy tashrif uyushtiradi. Davlatimiz rahbari Rossiya prezidenti bilan O‘zbekiston Qurolli kuchlarini qayta jihozlash maqsadida Rossiyada ishlab chiqarilgan uskunalarni yetkazib berilishi masalasini muhokama qiladi.

TOShKENT, 21 apr — Sputnik. O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Saidikrom Niyozxo‘jayev va uning rossiyalik hamkasbi Grigoriy Karasin Moskvada uchrashib, Vladimir Putin va Islom Karimov uchrashuviga tayyorgarlik masalasini muhokama qildilar, deb xabar bermoqda Rossiya TIV matbuot-xizmati.

Islom Karimov va Abdulaziz Kamilov aeroportda - Sputnik O‘zbekiston
Islom Karimov Moskvaga rasmiy tashrif bilan keladi

"Tomonlar O‘zbekiston – Rossiya munosabatlariga doir kun tartibida turgan bir qator masalalarni, shu jumladan, Rossiya va O‘zbekiston rahbarlarining oliy darajadagi uchrashuviga tayyorgarlik masalasini muhokama qildilar”, — deyilgan Rossiya TIV matbuot-xizmati e’lon qilgan xabar matnida.

Bundan sal oldin Vladimir Putin O‘zbekiston prezidenti Islom Karimov shu oyda Rossiyaga tashrif uyushtirishi haqida xabar qilib, shunday degan edi: "O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi munosabatlar haqiqatda ittifoqdosh xarakterga ega. Shu yil aprel oyida Islom Abdug‘aniyevich Karimovning Rossiyaga tashrifi o‘zaro hamkorlikni yanada kengaytiradi, mustahkamlaydi”, — deb aytgan edi.

Yangiliklar lentasi
0