Dunyoda

Suriya Bosh vaziri terrorchilarni kim qurollantirayotganini aytdi

© Sputnik / Mixail Voskresenskiy / Fotobankka oʻtishJangarilardan ozod qilingan Palmira shahrida Suriya bayrogʻi oʻrnatildi
Jangarilardan ozod qilingan Palmira shahrida Suriya bayrogʻi oʻrnatildi - Sputnik Oʻzbekiston
Saudiya Arabistoni, Turkiya, Qatar, Frantsiya va Buyuk Britaniya Suriya xalqining iqtisodiy imkoniyatlarini yoʻqqa chiqarishga va SARni “qoloq davlat” maqomigacha tushirishga urinmoqda, deb bayonot qildi Voil al-Xalqiy.

TOSHKENT, 21 apr — Sputnik. Saudiya Arabistoni, Turkiya, Qatar, Frantsiya i Buyuk Britaniya Suriya infratuzilmasi va iqtisodiyotini barbod qilmoqchi. Ular terrorchilarni aynan shu maqsadda qurollantirishmoqda, deya bayonot qildi Suriya Bosh vaziri Voil al-Xalqiy RIA Novostiga bergan intervyusida.
"Bugun biz, Saudiya Arabistoni, Turkiya va Qatar, shuningdek, Buyuk Britaniya va Frantsiya singari gʻarb davlatlarida Suriyadagi siyosiy jarayonni yaxshi tomonga oʻzgartirish istagi yoʻqligining guvohi boʻlib turibmiz. Ular mojaroni hal qilish oʻrniga terrorchilik faoliyatining yanada kengayishiga hissa qoʻshmoqda”, — dedi al-Xalqiy.

Suriya prezidenti Bashar Asad - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Asad: Suriya urushdan 200 milliard dollar zarar koʻrdi

Suriya Bosh vazirining soʻzlariga qaraganda, oʻtgan haftada Turkiya chegarasidan Suriyaning Aleppo va Idlib provintsiyalariga besh mingdan ziyod jangarilar kirib kelgan.
"Bundan tashqari, bu davlatlarning barchasi Suriya infratuzilmasini yanada barbod qilib, suriyaliklarning iqtisodiy imkoniyatlarini cheklab qoʻymoqchi va respublikamizni “qoloq davlat” darajasigacha turirmoqchi”, — qoʻshimcha qildi u.
"Ammo, Suriya Qurolli kuchlari, xalqimiz, Bashar Asad boshchiligidagi hukumatimiz, shuningdek, birinchi navbatda Rossiya Federatsiyasi, shaxsan prezident Vladimir Putin tufayli ular gʻalaba qozona olmadi. Uyushgan holda qarshilik koʻrsatganligimiz Suriyaning magʻlubiyatga yuz tutishiga yoʻl qoʻymadi. Biz xalqaro terrorchilikka, birinchi navbatda, “Jabhat an-Nusra” va “Islom davlati”ga qarshi kurash olib bormoqdamiz”, — deb taʼkidladi Suriya Bosh vaziri.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala