Jamiyat

Toshkent aeroportida biznes-klassda uchuvchi yoʻlovchilar uchun yangi kutish zali ochildi

© Uzbekistan airwaysAeroportning yangi zali - Business Lounge "Uzbekistan airways"
Aeroportning yangi zali - Business Lounge Uzbekistan airways - Sputnik Oʻzbekiston
Kutish zali 160 oʻringa moʻljallangan boʻlib, yoʻlovchilar va yuklarni roʻyhatdan oʻtkazish uchun jahon standtartlariga javob beradigan texnik jihozlar bilan taʼminlangan. Qulayliklardan yana oʻyingohdan iborat ona va bola xonasi, yuvinish xonasi, tibbiyot punktini sanab oʻtish mumkin.

TOSHKENT, 21 apr — Sputnik. “Toshkent” xalqaro aeroportida amalga oshirilgan taʼmirlash ishlaridan soʻng “Oʻzbekiston havo yoʻllari” MAK va boshqa aviakompaniyalarning biznes-klassda uchuvchi yoʻlovchilar uchun moʻljallangan yangi Business Lounge “Uzbekistan airways” kutish zali ishga tushirildi.

Yangi Business Lounge “Uzbekistan airways” loyihasi arxitekturaning eng soʻnggi yutuqlarini oʻzida mujassam etgan. Koʻrkam kutish zali 160 oʻringa moʻljallangan. Eng muhimi, yoʻlovchilar uchun turli qulayliklar yaratilgan: oʻyingohdan iborat ona va bola xonasi, yuvinish xonasi, tibbiyot punkti va bojsiz savdoni amalga oshiruvchi doʻkonni bunga misol keltirish mumkin.

© Uzbekistan airwaysPri razrabotke dizayna novogo Business Lounge «Uzbekistan airways» bыli uchtenы noveyshiye arxitekturnыe tendentsii i texnologii.
Pri razrabotke dizayna novogo Business Lounge «Uzbekistan airways» bыli uchtenы noveyshiye arxitekturnыe tendentsii  i texnologii. - Sputnik Oʻzbekiston
Pri razrabotke dizayna novogo Business Lounge «Uzbekistan airways» bыli uchtenы noveyshiye arxitekturnыe tendentsii i texnologii.
Turli taomlar va ichimliklarni taklif etuvchi shinamgina kafe-bar ham yoʻlovchilar xizmatida.

Bundan tashqari, oʻz uchish soatlarini kutayotgan yoʻlovchilar yumshoq mebellarda katta hajmli teleekranlardan, bepul Wi-Fi xizmatidan va muntazam ravishda yangilanib turiladigan matbuot nashrlaridan foydalanishlari mumkin.

V novom zale ojidaniya yest vse dlya komforta passajirov.
V novom zale ojidaniya yest vse dlya komforta passajirov. - Sputnik Oʻzbekiston
V novom zale ojidaniya yest vse dlya komforta passajirov.

Yangi Business Lounge “Uzbekistan airways”da imkoniyati cheklangan yoʻlovchilar uchun alohida sharoitlar yaratildi. Bu islohotlar Oʻzbekistonga tashrif buyuradigan sayyohlar sonining oshishiga xizmat qilishi kutilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala