Kreml Islom Karimovning tashrifiga oydinlik kiritdi

© Sputnik / Mixail Klimentyev / Mediabankka o‘tishRossiya prezidenti Vladimir Putin va O‘zbekiston prezidenti Islom Karimov
Rossiya prezidenti Vladimir Putin va O‘zbekiston prezidenti Islom Karimov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston prezidenti Islom Karimov 25-aprel kuni Rossiyaga tashrif uyushtiradi, deb xabar qilingan Kreml rasmiy saytida.

TOShKENT, 22 apr – Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Islom Karimov o‘z safari chog‘ida Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashadi va MDH, ShHT hamda BMT doirasidagi iqtisodiy va o‘zaro hamkorlik masalalarni muhokama qiladi, deyilgan Kreml xabarida.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin va O‘zbekiston prezidenti Islom Karimov - Sputnik O‘zbekiston
Moskvada Islom Karimov tashrifiga tayyorgarlik ko‘rilmoqda

Shuningdek, oliy darajadagi uchrashuvda ikki mamlakatning savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnik va gumanitar sohalardagi hamkorligi istiqbollari ko‘rib chiqiladi.

Bundan tashqari, tomonlar mintaqaviy va xalqaro miqyosdagi kunning dolzarb masalalarini muhokama etadi.

Bundan oldinroq, Rossiya prezidenti Vladimir Putin O‘zbekistonning yangi elchisi Baxrom Ashrafxonovdan ishonch yorliqlarini qabul qilish vaqtida O‘zbekiston rahbarining Moskvaga kelishi haqidagi xabarni tasdiqlagandi.

Yangiliklar lentasi
0