TOSHKENT, 23 apr — Sputnik. Buyuk Britaniyada Barak Obamaning mamlakat Yevropa Ittifoqi tarkibida boʻlishi zarurligi haqidagi bayonotini qahr-gʻazab bilan kutib olishdi, deya xabar qiladi RIA Novosti.
Buyuk Britaniya Yevropa Ittifoqi tarkibidan chiqishi tarafdori boʻlganlar esa Barak Obamani tanqidlarga koʻmib tashlashdi. Shu jumladan, UKIP partiyasi yetakchisi Nayjel Faraj Reyter agentligiga Barak Obama "har bir ishga burun suqmasligi lozimligi” haqida gapirdi. "Bu zoʻravonlarcha suqilishdan boshqasi emas. U Vashingtondan chiqmasa, foydaliroq boʻlardi", — dedi siyostachi FoxNews telekanaliga.
London meri Boris Jonson esa The Sun nashriga Vashingtonning “ikkiyuzlamachiligi” haqida bayonot qilgan. Uning soʻzlariga koʻra, AQSH Britaniyani “demokratiyaning bir qismini oʻzgalar nazoratiga topshirishga chaqirmoqda”.
“Obama, aytganimni qil, qilganimni qilma” kabilida ish tutmoqda, deb taʼkidladi Jonson.
CNN telekanali maʼlumotlariga koʻra, Obama, shuningdek, ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari nafratiga duchor boʻlgan. Ular AQSH prezidentini “chaqirilmagan maslahatchi”, deb atab, AQShni Britaniya imperiyasi tarkibiga qaytarish haqida taklif bildirganlar. Shuningdek, Britaniyaning YEI tarkibida qolishi tarafdorlari boʻlganlar ham Obamaning homiylarga xos ohangi ularga manzur boʻlmagani haqida gapirishgan.
Eslatib oʻtamiz, Buyuk Britaniyaning YEIga aʼzoligi masalasi yuzasidan referendum joriy yilning 23 iyun sanasida oʻtkazilishi rejalashtirilgan.