TOSHKENT, 23 apr — Sputnik, Amangeldi Nurmuradov. Shanba kuni Ashxobod shahrida oʻtkazilgan Xalqaro tanlovda 2016 yilning eng goʻzal Axalteke tulpori aniqlandi, deb xabar qiladi RIA Novosti.
Turkmaniston prezidenti tomonidan qurdirilgan Axalteke otlari majmuasida oʻtkazilgan tanlovning yakuniy bosqichida gʻolib aniqlandi. Hakamlar hayʼati Bekxon laqabli tulporni turkmanistonning eng goʻzal oti unvoniga munosib deb topdilar.
Maʼlumotlarga koʻra, “Axalteke goʻzali” 8 yoshda. Barchani oʻziga rom qilgan tulpor esa “Galkinish”(Tiklanish) ot-sporti jamoasiga tegishli.
Bekxonning goʻzalligi uchun gʻolib – “Galkinish” ot sporti jamoasi Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhammedov tomonidan Hyundai Equus avtomobili bilan taqdirlandi.