OAV: Yamanda Al-Qoidaning 800ga yaqin jangarisi yo‘q qilindi

© Youtube / euronewsYamanda portlash oqibati
Yamanda portlash oqibati - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Oldin Yaman harbiy qo‘shnlari “Al-Qoida” terrorchilaridan mamalkatning janubida joylashgan El-Muqalla shahrini ozod qilishgan edi. Jangarilar bir yildan ziyod vaqt davomida mudofaa qilgan shaharni jangsiz tark etishgan edi.

TOShKENT, 25 apr — Sputnik. Saudiya Arabistoni boshchiligidagi arab koalitsiyasining hujumi natijasida Al-Qoidaning 800ga yaqin jangarisi yo‘q qilindi, — deb xabar berdi RIA Novosti Saudiya Arabistoninng SPA axborot agentligi xabari asosida.

Agentlik xabariga ko‘ra, qurbonlar orasida “Al-Qoida” rahbari ham bor.

Oldin Yaman harbiy qo‘shnlari “Al-Qoida” terrorchilaridan mamalkatning janubida joylashgan El-Muqalla shahrini ozod qilishgan edi. Jangarilar bir yildan ziyod vaqt davomida mudofaa qilgan shaharni jangsiz tark etishgan edi. Terrorchilar mamlakatning g‘arbiga Xadramaut va Shabva shaharlari tomon yo‘l olgan.

Eslatib o‘tamiz, Yamanda ikki qurollangan guruh orasida ziddiyat davom etmoqda. Bir tarafdan shiya musulmonlariga qarashli xusiylarning "Ansar Alla"  guruhi va sobiq prezident Ali Abdulla Solihga sodiq armiya qismlari va ikkinchi tarafdan Saudiya Arabistoni qo‘llab quvvatlayotgan qochqin prezident Abd Rabbu Mansur Hodi tarafdorlari. Sobiq prezident Hodini qo‘llab quvvatlash uchun yuborilgan Arab mamalkatlari koalitsiyasi kuchlari soni 10 mingdan ko‘p kishini tashkil qildi.

Yangiliklar lentasi
0