Peskov: Vladimir Putin va Islom Karimov bugun norasmiy uchrashuv o‘tkazishadi

© RIA NOVOSTI / BRICS/SCO Photohos / AFPO‘zbekiston prezidenti Islom Karimov va Rossiya prezidenti Vladimir Putin
O‘zbekiston prezidenti Islom Karimov va Rossiya prezidenti Vladimir Putin - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston prezidenti tashrifining rasmiy qismi 26-aprel kuni o‘tkaziladi. Prezidentlar O‘zbekiston va Rossiya madaniy-gumanitar munosobatlarini, xavfsizlik va iqtisodiy hamkorlik masalalarini muhokama qilishadi.

 

TOShKENT, 25 apr — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin va O‘zbekiston prezidenti Islom Karimovning dastlabki norasmiy uchrashuvi dushanba kuni kechqurun bo‘lib o‘tadi, dedi jurnalistlarga Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov.

“Bugun O‘zbekiston prezidenti Islom Karimov  tashrifining norasmiy qismi o‘tkaziladi. U Rossiya Federatsiyasiga bugun yetib keladi va Vladimir Putin va Islom Karimov birgalikda tushlik qilishadi”, — dedi Peskov.

Rossiya pprezidentining matbuot kotibi so‘zlariga qaraganda, seshanba 26-aprel kuni tashrifning muzokaralar va hujjatlar imzolash kabi rasmiy qismi o‘tkaziladi.

Mamlakatlar rahbarlari xalqaro va hududiy masalalar bo‘yicha fikr almashadilar, MDH, ShHT va BMT kabi ko‘p a’zoli xalqaro tashkilotlar tarkibida o‘z faoliyatlarini muhokama qilishadi.

 

Yangiliklar lentasi
0