Yerevanda yo‘lovchi avtobus portladi

© Sputnik / David GalstyanYerevanda avtobus portladi
Yerevanda avtobus portladi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Favqulodda vazirlik xabariga ko‘ra, avtobus portlovchi uskuna yordamida portlatilgan. Oqibatda 7 kishi jarohatlangan.

TOShKENT, 26 apr — Sputnik. Armaniston Favqulodda Holatlar vazirligi xabariga ko‘ra, kecha tunda sodir bo‘lgan portlash oqibatida 2 yo‘lovchi qurbon bo‘lgan va 7 kishi jarohatlangan, Sputnik Armeniya xabariga ko‘ra.  

Armaniston Bosh prokuraturasi xabariga ko‘ra, 25-aprel kechqurun Yerevanda sodir bo‘lgan portlash yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atdi.

“Jinoyat kodeksining 279 moddasiga binoan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Ushbu ish Tergov qo‘mitasining o‘ta muhim ishlar bo‘limi nazorati ostida”, — deyilgan xabarda.

Tergov guruhi, portlash texniklari va boshqa mutaxassislar voqea sodir bo‘lgan joyni ko‘zdan kechirishmoqda.

Ushbu voqea haqidagi dastlabki xabar Armaniston FHV telefoniga kecha soat 21:51 da yetib keldi. 63 raqamli avtobus portlab ketgan. Guvohlar aytishiga qaraganda, ikki marta portlash ovozi eshitilgan. Portlash sabablarini o‘rganilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0