Klinton Amerikaga o‘xshaydigan hukumat tashkil qilmoqchi

© REUTERS / MIKE SEGARXillari Klinton.
Xillari Klinton. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Xillari Klinton “agar saylovlarda g‘alaba qozonsam, hukumat a’zolarining teng yarmini ayollar egallaydi”, deya va’da qilmoqda.

TOShKENT, 26 apr — Sputnik. Sobiq AQSh Davlat kotibi va hozirda Demokratik partiyadan prezidentlikka nomzod Xillari Klinton agar saylovlarda g‘oliblikni qo‘lga kiritadigan bo‘lsa, hukumat rahbarlarining teng yarmi ayollardan tashkil topishiga va’da berdi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti Assoshieyted Press ma’lumoti asosida.

Sobiq AQSh Davlat kotibi, “Amerikaga o‘xshaydigan hukumat tashkil qilmoqchi”ligini aytdi. “Axir Amerikaning 50% — ayollardan tashkil topgan”, — deya ta’kidladi u.

AQSh prezidentligiga saylovlar 8-noyabr kuni bo‘lib o‘tadi. Yaqinda o‘tkazilgan so‘rovnoma xulosalariga ko‘ra, ayni vaqtda demokratlar orasida — Xillari Klinton, respublikachilar orasida esa milliarder Donald Tramp nomzodlar orasidaoldinda bormoqda.

Yangiliklar lentasi
0