Putin va Karimov muhim masalalarni muhokama qilishdi

© Sputnik / Aleksey Drujinin / Mediabankka o‘tishRossiya prezidenti Vladimir Putin va O‘zbekiston prezidenti Islom Karimov uchrashuvi
Rossiya prezidenti Vladimir Putin va O‘zbekiston prezidenti Islom Karimov uchrashuvi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Kuni kecha O‘zbekiston prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimov Moskvaga rasmiy safar uyushtirgan edi. Tashrifining birinchi kunida Islom Karimov Vladimir Putin bilan norasmiy uchrashuv o‘tkazdi.

TOShKENT, 26 apr — Sputnik. Rossiya va O‘zbekiston prezidentlarining norasmiy uchrashuvi ikki mamlakat o‘rtasidagi dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashish uchun yaxshi imkoniyat tug‘dirdi, deb xabar qildi seshanba kuni jurnalistlarga Rossiya prezidenti matbuot-kotibi Dmitriy Peskov, RIA Novosti.

Rossiya prezidenti Vladimir Putinning O‘zbekiston prezidenti Islom Karimov bilan uchrashuvi - Sputnik O‘zbekiston
Vladimir Putin Islom Karimovni Kremlda kutib oldi

Bundan bir kun oldin O‘zbekiston prezidenti Islom Abdug‘aniyeviya Karimov Moskvaga rasmiy tashrif uyushtirgan edi. Tashrifining birinchi kunida Islom Karimov Vladimir Putin bilan norasmiy uchrashuv o‘tkazdi.
"Xabaringiz bor, ular kuni kecha norasmiy uchrashuv o‘tkazishgan edi. Birga tushlik qilishdi va bu Rossiya hamda O‘zbekistondagi dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashishga qulay imkoniyat tug‘dirdi”, — dedi Peskov.
"Shundan so‘ng, tor doirada, rasmiy nonushta formatida Rossiya-O‘zbekiston muzokaralari bo‘lib o‘tadi. Bunda ikki davlat delegatsiyalari uchrashadilar. So‘ngra hujjatlar imzolanadi va bo‘lib o‘tgan uchrashuv yakuni bo‘yicha ikki prezident chiqish qilishi rejalashtirilgan”, — qo‘shimcha qildi Peskov.

Yangiliklar lentasi
0