Madaniyat

"Kitob olami" maʼrifiy majmuasi butun Oʻzbekiston boʻylab ochilmoqda

© Sputnik / Yevgeniy Biyatov / Fotobankka oʻtishKitoblar
Kitoblar - Sputnik Oʻzbekiston
Oʻzbek adabiyotini ommalashtirish va aholini jahon adabiyotining noyob durdonalari bilan tanishtirish maqsadida barcha mintaqalarda "Kitob olami" maʼrifiy majmuasining tarmoqlari ochilmoqda.

TOSHKENT, 27 apr — Sputnik. Joriy «Sogʻlom ona va bola yili» Davlat dasturiga asosan oʻzbek adabiyotini ommalashtirish va aholini jahon adabiyotining noyob durdonalari bilan tanishtirish maqsadida barcha mintaqalarda, ularda birinchi navbatda milliy badiiy adabiyotlarni sotish maqsadida viloyatlar va tumanlarda «Kitob olami» maʼrifiy majmuasining tarmoqlari ochilmoqda, deb xabar qilmoqda Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi matbuot-xizmati.

"Bugun 27 aprel kuni Qoraqalpogʻiston Respublikasining markazi Nukus shahrida «Kitob olami» majmuasining tantanali ochilish marosimi boʻlib oʻtdi. Majmua 300 metr kvadrat maydonni egallagan boʻlib, unda turli yoʻnalishdagi adabiyotlar stendlari tashkil etilgan va 15 ming nusxadagi kitoblar oʻrin olgan", deyilgan xabar matnida.

Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi tomonidan 2015 yil 2 noyabrda Toshkent shahrida «Kitob olami» maʼrifiy majmuasi ochilgan edi. Majmuada oʻzbek va jahon adabiyoning sara namunalaridan iborat 30 mingdan ortiq turli yoʻnalishdagi kitoblar sotuvi tashkil etilgan.

Kitoblar - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Oʻzbekistonda "Bolaga kitob sovgʻa qiling" aktsiyasi oʻtkazilmoqda

Ayni vaqtda Andijon, Buxoro, Namangan, Samarqand, Fargʻona, Xorazm viloyatlari markazlarida «Kitob olami» majmualari qurilishi ishlari davom etayotgani xabar qilinmoqda. Ushbu majmualar Oʻzbekiston respublikasi Mustaqilligining 25 yillik tantanalariga qadar foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala