Janubiy Koreya elchisi O‘zbekistondagi diplomatik missiyasini yakunladi

© J. Patrick FischerJanubiy Koreya respublikasi bayrog‘i.
Janubiy Koreya respublikasi bayrog‘i. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
27 aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Koreya Respublikasining favqulodda va muxtor elchisi Li Uk Honni qabul qildi. Uchrashuv elchining diplomatik missiyasi yakunlanayotganligi munosabati bilan o‘tkazildi.

TOShKENT, 27 apr — Sputnik. 2016 yilning 27-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Koreya Respublikasining favqulodda va muxtor elchisi Li Uk Honni qabul qildi. Uchrashuv elchining diplomatik missiyasi yakunlanayotganligi munosabati bilan o‘tkazildi, deya xabar qilmoqda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi matbuot-xizmati.

"Suhbat davomida uzoq muddatli manfaatlar va strategik sherikchilikka asoslangan O‘zbekiston-Janubiy Koreya munosabatlari o‘zaro foydali va samarali tusga ega ekanligi ta’kidlandi. Tomonlar turli sohalardagi yaqin hamkorlik qilishda katta tajriba orttirdi. Hozirgi kunda ikki tomon kun tartibi siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiya, madaniy-gumanitar va boshqa sohalarda, shuningdek xalqaro sahnada o‘zaro manfaatli hamkorlikni o‘z ichiga oladi", deyiladi xabar matnida.

Abdulaziz Kamilov elchini O‘zbekiston va Koreya Respublikasi o‘rtasidagi ko‘p qirrali aloqalarni kengaytirishga shaxsan qo‘shgan salmoqli hissasi uchun Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining Faxriy doktori darajasi berilishi bilan tabrikladi.

Yangiliklar lentasi
0