Ekspertlar Rossiya va O‘zbekistonning qurol-yarog‘ shartnomasi haqida

© Sputnik / Yuriy Streles / Mediabankka o‘tishAskarlar iurol-aslaha tashimoqda
Askarlar iurol-aslaha tashimoqda - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Odatda, Rossiya o‘z qurol-yarog‘ini uchinchi mamlakatlarga sotishga qarshi, lekin bu safar Rossiya O‘zbekiston bilan aynan shunday shartnoma tuzdi. Ekspertlar fikriga ko‘ra, ushbu aslahalar Afg‘onistonga yuborilishi aniq.

TOShKENT, 27 apr — Sputnik, Mariya Sheludakova. Islom Karimov boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasining  rasmiy tashrifi davomida Rossiya O‘zbekiston bilan bir necha shartnoma imzolandi. Ushbu shartnomalardan biri, bu Rossiya qurol-yarog‘ini O‘zbekiston tomonidan uchinchi mamlakatlarga sotish mumkinligi haqida ekanligi ma’lum bo‘ldi.

Harbiy ekspert Igor Korotchenkovning Sputnikka aytishiga qaraganda, Afg‘onistondan O‘rta Osiyo tomonga qaratilgan tahdidning kuchayishi munosobati bilan, O‘zbekiston qurol-yarog‘ sotib olish masalasida Rossiyaga murojaat qilishga majbur bo‘lmoqda.

“Rossiya O‘zbekiston qurolli kuchlarining mustahkamlanishidan manfaatdor. Bu borada biz hamkorlikning har qanday ko‘rinishiga tayormiz. Toshkent va Moskvaning hamkorligi Afg‘onistonda hukumat kuchlarining terrorchilikka qarshi kurashini qo‘llab quvvatlashga qaratilgan. Ushbu yordam ichiga qurol-yarog‘ yetkizib berish ham ko‘zda tutilganga o‘xshaydi”, — dedi harbiy ekspert Igor Korotchenkov.

Strategik baholash instituti prezidenti, professor VShE Aleksandr Konovalov ham ushbu kelishuv asosida Afg‘onistondagi jangarilarga qarshi kurashni kuchaytirish istagi borligini ta’kidlamoqda. Lekin, ekspert ushbu qurol-yarog‘ aynan qanday kuchlarga mo‘ljallangani noma’lum qolmoqda.

“O‘zbekistonda barcha qurol-yarog‘ va harbiy texnika Rossiyada ishlab chiqarilgan. Afg‘onistonda urush qilayotgan kuchlar juda ko‘p va ular, asosan, yaxshi qurollangan va qurolga muhtoj emas. Ushbu aslaha aynan kerakli qo‘llarga tushishini ta’minlashga alohida e’tibor berish kerak”, — deb urg‘u berdi ekspert.

Konovalovning so‘zlariga qaraganda, gap qisman reeksport haqida ketmoqda. Shartnoma turli “yuridik to‘siqlardan” o‘tish uchun tuzilgan.

“Biz birovga qurol-yarog‘ sotganimizda, bizning ruxsatimizsiz ushbu qurollar uchinchi mamlakatga sotilmasligi haqida talab qo‘yamiz. Ushbu shartnoma aynan mana shu yuridik to‘siqdan o‘tish uchun tuzilgan”, — dedi ekspert.

Harbiy mahsulotlarni uchinchi mamalkatlarga yetkizib berish haqidagi shartnomani rossiya tomonidan Federal harbiy-texnik hamdo‘stlik direktori Aleksandr Fomin va O‘zbekiston Tashqi iqtisodiy aloqalar vaziri Elor G‘aniyevlar imzoladi.

Rossiya oldin ham shunday shartnomalar imzolaganini, lekin hech qachon hukumatdan boshqa kuchlar qo‘liga qurol-yarog‘ sotmagani alohida ta’kidlab o‘tildi.

Yangiliklar lentasi
0