Muborakda tozalanayotgan gazining sifati yaxshilanadi

© Sputnik / Stringer / Mediabankka o‘tishGazni qayta ishlash
Gazni qayta ishlash - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Gaz xom-ashyosini serovodoroddan tozalash stansiyalarida Rossiyaning “Peton” kompaniyasi uskunalari o‘rnatiladi. Ushbu kompaniya tozalash uskunalari o‘zining samaraliga va ishonchliligi bilan ajralib turadi.

TOShKENT, 28 apr — Sputnik. "O‘zbekneftegaz" milliy xoldingi Muborak gazni qayta ishlash zavodida gazni serovodoroddan tozalovchi yangi uch blok qurishni to‘xtatishni rejalashtirgan, kompaniya vakili xabariga ko‘ra.  

Bu nafaqat 1981-yilda o‘rnatilgan gaz tozalash uskunalarini yangilash, balki chiqarilayotgan gazdagi serovodorod hajmini 1,5 baravarga qisqartirib uning sifatini eksport standartigacha yetkizish imkonini beradi. Yangi bloklarda Rossiyaning “Peton” kompaniyasi uskunalari o‘rnatiladi.

“Loyihaning umumiy narxi 264 mln dollardan oshadi, undan 212 mln dollari “O‘zbekneftegaz”ning xususiy mulki, qolgan 51 millioni esa Respublika Taraqqiyot fondi tomonidan ajratilgan. Yangi bloklarni ishga tushirish yiliga 6 milliard kubometrgacha gaz tozalash imkonini beradi. Ular ishga tushgach ularning yilgi umumiy  ishlab chiqarish qiymati 414 million dollarni tashkil qiladi”, — dedi kompaniya vakili.

Bugungi kunga kelib kompaniya absorber, separator, trubalar, fitinglar, o‘lchov aspoblari, avtomatlar, berkitish va boshqarish moslamalari, texnik jarayonni avtomatik boshqarish tizimlari yetkizib berishga shartnoma tuzdi.

Suhbatdoshning so‘zlariga qaraganda, uskunalar yetkizib beruvchi sifatida Rossiya kompaniyasi bekorga tanlanmagan. Ushbu kompaniyadan oldin sotib olingan uskunalari o‘zining samaraligi va ishonchliligini ko‘rsatdi.

Undan tashqari uskunalarni yangilash jarayonida O‘zbekiston mashinasozlik sanoati ham faol ishtirok etadi. “O‘zbekximmash” allaqachon qiymati 115 milliard so‘m bo‘lgan kerakli texnologik uskunalarni ishlab chiqarishni boshladi.

Muborak gazni qayt ishlash zavodining birinchi navbati 1972-yilda ishga tushirilgan edi. O‘zbekistonda gazni qayta ishlash aynan shu sanadan boshlanadi. Majmua  yiliga 30 mlrd kubometr gazni qayta ishlashga mo‘ljallangan bo‘lib, dunyoda eng katta gazni qayta ishlash zavodlaridan biri hisoblanadi.

Yangiliklar lentasi
0