Madaniyat

Sevara Nazarxon qizli boʻldi

Maʼlumotlarga koʻra, xonanda qizaloqni AQShda dunyoga keltirgan. Baxtli ota-ona yangi mehmonga Imon Anvar deb ism qoʻydilar.

TOSHKENT, 28 apr — Sputnik. Xonanda Sevara Nazarxon 27 aprel kuni qizli boʻldi. Qizaloqqa Imon Anvar deya ism qoʻyildi. Bu haqda xonanda oʻzining Instagram ijtimoiy tarmogʻidagi sahifasida xabar qilgan.

"Uzoq kutilgan qizaloq keldi — Imon Anvar! 27.04.16", — deb yozgan xonanda oʻzining sahifasida. Imon – ishonch ramzi, Anvar esa yorugʻ, charogʻon, iqboli porloq degan maʼnoni anglatadi.

Maʼlumotlarga koʻra, xonanda qizaloqni AQShda dunyoga keltirgan.

Xonanda 2077 yilda Bahrom Pirimqulovga turmushga chiqqan. Ularning Dengiz ismli oʻgʻil farzandlari ham bor.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala