Donald Trampni to‘xtata olishadimi? Valentin Zorinning oxirgi maqolasi

© Sputnik / Yekaterina Chesnokova / Mediabankka o‘tishDonald Tramp Moskvada "Miss Vselennaya 2013" konkursida
Donald Tramp Moskvada Miss Vselennaya 2013 konkursida - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
1948 yildan 2016-yilga qadar sobiq SSSR va Rossiyadning axborot vositalarida jurnalist va siyosiy sharhlovchisi bo‘lib ishlab kelgan Valentin Zorin 27-aprel kuni 91 yoshida olamdan o‘tdi. Etiboringizga Zorinning oxirgi maqolasini keltiramiz.

TOShKENT, 28 apr – Sputnik. Ayni damda AQShda prezidentlik kursisi uchun ashaddiy poyga ketmoqda. Oxirgi 20-yildan buyon mamlakatni boshqarayotgan Respublikachilar hukumatni yo‘qotishi mumkin. Buni oldini olish uchun, ular nima qilib bo‘lsa ham Donald Trampni to‘xtatishga harakat qilishadi, deb hisoblaydi “Rossiya segodnya” axborot agentligining siyosiy sharhlovchisi Valentin Zorin.

© Sputnik / Sergey Guneyev / Mediabankka o‘tishValentin Zorin vo vremya seremonii vrucheniya gosudarstvennix nagrad v Kremle
Valentin Zorin vo vremya seremonii vrucheniya gosudarstvennix nagrad v Kremle - Sputnik O‘zbekiston
Valentin Zorin vo vremya seremonii vrucheniya gosudarstvennix nagrad v Kremle

AQShning Respublikchilar partiyasida hamma narsa ostin ustun bo‘lib ketdi. Ular kutilmaganda hokimiyatdan ham mamlakatda bo‘lgan ta’siridan ham ajralib qolishlari mumkin.

Prezident saylovlari ular rejalashtirgandan boshqacha yo‘l bilan ketdi. Respublikachilar uzoq vaqt tayorlagan nomzodlar liderlik qilish o‘rniga, bir chekkada qolib ketishdi.  

Buning sababi esa, respublikachilar partiyasi rahbariyati va ularning qudratli homiylari uchun ham begona bo‘lgan bir yorqin xarakterli boyvachcha bo‘lib chiqdi. Fevral-martda bo‘lib o‘tgan dastlabki saylovlar natijasida AQShning yarmidan ko‘p shtati 60 yoshli milliarder Donald Trampga ovoz berishdi.

AQShda prezident saylovi to‘g‘ridan-to‘g‘ri bo‘lib o‘tmaydi. Prezidentni Konvent  saylaydi. Konvent dastlabki saylovlar (praymeriz) asosida mandat olgan a’zolari yig‘ini. Bugungi kunga kelib shuni aytish mumkin-ki, Trampni ko‘plab partiya a’zolari qo‘llab quvvatlamoqda. U Konventda yetarlicha ovoz yig‘ish imkoniga ega va respublikachilarning “Trampni to‘xtatish” shiorini amalga oshirish juda qiyin.    

Trampning muvaffaqiyati, mening fikrimcha, millionlab saylovchilar oldida uning betarafligi. U Vashingtondagi boshqaruvchi elita oldida ham,  moliya va sanoat elitasi oldida ham – begona.

© PHOTO DESK / AFPKandidati v prezidenti SShA Donald Tramp i Xilari Klinton
Kandidati v prezidenti SShA Donald Tramp i Xilari Klinton - Sputnik O‘zbekiston
Kandidati v prezidenti SShA Donald Tramp i Xilari Klinton

Lekin hukumatni boshqarishga o‘rganib qolgan respublikachilar qo‘l qovushtirish o‘tiradi deb o‘ylash xato  bo‘ladi, albatta.

Ular iyunda bo‘lib o‘tadigan Konventda Trampni ag‘darib tashlashga harakat qilishadi. Buning uchun ovoz berishda Tramp hammadan ko‘p ovoz olmasligi kerak. Bunda ular boshqa kandidatlar axtarishiga to‘g‘ri keladi.

Lekin respublikachilarning yana bir tekshirilgan uslubi bor. 2000-yilgi prezident saylovini eslasak, unda saylovchilar eng ko‘pi Demokratik partiya a’zosi Alberg Gor uchun ovoz berishgan edi. O‘shanda respublikachilar ovozlarni qayta hisoblashni talab qilishdi. Boshqa joyda emas, aynan Florida shtatida. U yerda esa hozirgi omadsiz nomzod Djeb Bush gubernator edi. Aynan u ovozlarni qayta hicoblashga bosh bo‘ldi, va natijada uning akasi Djordj Bush g‘olib chiqdi.

Shundan keyin AQShni sakkiz yil davomida, aslida saylovda mag‘lub bo‘lgan, Djordj Bush boshqargan edi.  

Va nihoyat, men shaxsan o‘zim guvoh bo‘lgan, 1968-yilgi prezident kampaniyasini hech esimdan chiqara olmayman. O‘shanda men muxbir sifatida Robert Kennedini saylov kampaniyasida kuzatib borardim. U dastlabki saylovlarning barchasida g‘olib chiqib prezidentlikka nomzod bo‘lgandi.

Uning g‘alabasiga hech kim shubha qilmasdi. 1968-yilning 5-iyun kuni Los-Anjelesdaga “Ambassador” mehmonxonasining zalida Robert Kennedi ajoyib nutq so‘zladi va parda ortiga yo‘l oldi.  

Bir daqidadan so‘ng hamma o‘q ovozini eshitdi. Robert Kennediga boshining orqa tomonidan o‘q tekkan edi. O‘q tekkan joy atrofidagi kuyish izlari uning yaqin masofadan turib otib tashlanganining belgisi edi. Buni amalga oshirgan shaxs esa – uning tan soqchisi FBR xodimi bo‘lgan.

Bunday mudhish voqealarni takrorlanishini hech kim istamaydi, albatta. Men ko‘plab AQSh prezidentlari saylovini yaqindan turib kuzatish imkoniga ega bo‘lganman va bu borada orttirgan tajribamga tayanib shuni aytishim mumkin-ki, ular har doim ham demokratik va halol o‘tmagan.

Bugungi kunda, o‘ta qiziqqon davom etayotgan prezident poygasining asosiy jumbog‘i – respublikachilar Donald Trampni to‘xtata oladimi?

Yangiliklar lentasi
0