TOSHKENT, 28 apr – Sputnik, Kseniya Naka. Yaponiya Bosh vaziri Sindzo Abe Rossiya bilan munosabatlarda “yangi tarix sahifasini” ochish niyati borligi haqida bayonot qildi. U bu haqda payshanba kuni Yaponiya parlamenti deputati Muneo Sudzuki bilan uchrashuvi chogʻida aytdi, RIA Novosti xabari asosida.
Eslatib oʻtamiz, Sindzo Abening Rossiyaga tashrifi 2016 yil 6 mayga rejalashtirilgan. Yaponiya Bosh vazirini Rossiya prezidenti Vladimir Putin Sochida kutib oladi.
Rossiya va Yaponiya oʻrtasidagi munosabatlarning toʻliq tartibga solinishi va tinchlik bitimining imzolanishiga janubiy Kuril orollariga egalik qilish masalasi xalal bermoqda.
Yaponiya va Rossiya oʻrtasidagi hududiy bahs Ikkinchi jahon urushi tugaganidan beri davom etadi — urush yakunlariga koʻra, Kuril orollari butunligicha SSSR tarkibiga qoʻshib olingandi.
Biroq Iturup, Kunashir, Shikotan va Xabomai orollari guruhiga Yaponiya muntazam ravishda daʼvo qilib keladi.