O‘zbekistonda avtomobil tashish uchun uch qavatli temir yo‘l vagonlari yaratilmoqda

© Sputnik / Vitaliy Ankov / Mediabankka o‘tishVladivostokda Toyota avtomobilini temir yo‘l vagoniga yuklash
Vladivostokda Toyota avtomobilini temir yo‘l vagoniga yuklash - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yangi vagonlarni Toshkent Mexanika zavodida ishlab chiqarish ko‘zda tutuilgan.

TOShKENT, 29 apr — Sputnik. Toshkent Temir yo‘l Muhandislari instituti (ToshTYMI) ayni damda butunlay yangi uch qavatli temir yo‘l vagoni ishlab chiqarish ustida ishlamoqda. Ushbu vagonlar GM Uzbekistan mahsulotini MDH mamalkatlariga eksport qilish uchun mo‘ljallangan. Ma’lumot Respublika Innovatsion g‘oyalar, texnologiyalar va loyihalar yarmarkasida olindi.

Loyihani amalga oshirish oliygohning “Vagonlar va vagon xo‘jaligi”  kafedrasining bir necha yosh olimlariga topshirilgan. 

“Bizning avtomobil sanoatimiz mahsuloti MDH bozorida katta talabga ega. Hozir mahsulot temir yo‘l transporti orqali ikki yarusli vagonlarda boshqa mamalkatlarga jo‘natiladi. Avtomobillarni uzoq masofaga junatish aynan temir yo‘l transporti orqali amalga oshirish maqsadga muvofiq. Avtomobillar tashish narxini tushirish orqali, bizning avtomobillarimizning raqobatbardorligini oshirish maqsadida institut uch qavatli vagonlar yasashga kirishdi. Bu kabi avtomobil tashuvchi vagonlar bizga yiliga bir necha yuz milliard so‘m foyda keltiradi. Bu temir yo‘l tashish narxlari oshayotgan vaqtda juda dolzarb”, — dedi suhbatdosh.

Hozir loyiha texnik iqtisodiy asoslash bosqichida. Yangi vagonning 3D modeli yasalgan. Vagon to‘liq temir karkasdan  tashkil topgan bo‘lib, uning ramasi pastga tushirilgan. Vagonning orqa tomonida eshigi bor, va yon tomoni to‘liq ochiladi. Kuzovda harakatlanadigan rama o‘rnatilgan, unga avtomobillarni joylashtirish va qotirish mumkin.

Yangi vagon pastlatilgan ramaga ega bo‘lib, u vagon maydonidan samarali foydalanish imkonini beradi va 19 tagacha avtomobil sig‘dirishi mumkin. Hozirgi vagonlar ikki qavatli bo‘lib 10tagcha avtomobil sog‘dirishi mumkin.

© Sputnik / N. Komarov / Mediabankka o‘tishTemir yo‘l vagonlarida avtomobil tashish
Temir yo‘l vagonlarida avtomobil tashish - Sputnik O‘zbekiston
Temir yo‘l vagonlarida avtomobil tashish

 

Yangiliklar lentasi
0