"O‘zbekiston havo yo‘llari" Boeing-787 samolyotlari qatnovini kuzdan boshlab yo‘lga qo‘yadi

© KAZUHIRO NOGI / AFPBoeing-787 Dreamliner samolyoti
Boeing-787 Dreamliner samolyoti - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Joriy yilning avgust oyida O‘zbekistonga Boeing-787 Dreamliner rusumidagi ikki dona avialayner olib kelinadi. Samolyotlar qatnovi 2016-yilning sentabridan boshlab yo‘lga qo‘yilishiga tayyorgarlik ko‘rilmoqda.

TOShKENT, 29 apr — Sputnik. Joriy yilning avgust oyida O‘zbekistonga Boeing-787 Dreamliner rusumidagi ikki dona avialayner olib kelinadi. Samolyotlar qatnovi 2016-yilning sentabridan boshlab yo‘lga qo‘yilishiga tayyorgarlik ko‘rilmoqda, deb xabar beradi "O‘zbekiston milliy aviakompaniya"si matbuot-xizmati.
Hozirgi vaqtda samolyotni olib kelishga mas’ul bo‘lganlar bu jarayonga tayyorgarlik ko‘rmoqda.

"Aviakompaniya shuningdek, «Boing-787» samolyoti uchun uchuvchilarni to‘plamoqda. 18 pilotdan iborat jamoa yozda Buyuk Britaniyaning Gatvik shahrida malaka oshirish uchun yuboriladi. Uchuvchilarni saralashda ularning uchuvchilik texnikasi, nazariy bilimga egaligi, ingliz tilini bilishlari va tajribasiga alohida etibor qaratildi", — deyiladi aviakompaniya xabarida.

Aviakompaniya «Boing-787» rusumidagi samolyotlarni olib kelishi 2014-yilda ma’lum bo‘lgandi. Xarid qiymati taxminan 240 million dollarni tashkil qiladi.
Boeing-787 Dreamliner — ikki dvigatelli yo‘lovchi tashuvchi samolyot bo‘lib, AQShning Boeing Commercial Airplanes tomonidan ishlab chiqilgan. Unga 250 nafardan 330 nafargacha yo‘lovchi sig‘adi.

Yangiliklar lentasi
0