“Toshkent” aeroportining yangi terminali 4-yil ichida qurib bitkaziladi

Obuna bo‘lish
Koreya xalqaro hamkorlik tashkiloti(KOICA) “Toshkent” aeroportining yangi loyihasini taqdim etdi. Ushbu loyiha 4-yil ichida hayotga tatbiq etiladi. Aeroport maydoni 2 barobarga, yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish bino maydoni esa 3 barobarga ortishi kutilmoqda.

TOShKENT, 30 apr — Sputnik. Koreya xalqaro hamkorlik tashkiloti(KOICA) O‘zbekiston hukumatiga Toshkent aeroportida yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatuvchi yangi terminal loyihasi bo‘yicha texnik-iqtisodiy tadqiqotlar natijasini taqdim etdi.

Eslatib o‘tamiz, Toshkent aeroportini Markaziy Osiyoning bog‘lovchi aeroportiga aylantirish, shuningdek, mamlakat raqobatbardoshliligini oshirish maqsadida O‘zbekiston hukumati eskirgan va kichik xalqaro aeroportni (Aeroport-2) yangi xalqaro yo‘lovchi terminali bilan almashtirmoqchi. Texnik-iqtisodiy asosni ishlab chiqish KOICAga topshirilgan edi.

 

"Poytaxt aeroporti(Toshkent-4)ning yangi terminali loyihasi to‘rt yil davomida hayotga tatbiq etiladi. Aeroport maydoni hajmi ikki barobarga ortadi, yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatuvchi terminal esa hozirgiga nisbatan uch barobarga kengayadi”, — deb xabar qilishdi Sputnik O‘zbekistonga Koreya agentligi vakolatxonasida.

Yangi xalqaro terminal qurilishi 2019-yil oxiriga qadar yakunlanishi rejalashtirilmoqda. Loyihani amalga oshirish uchun esa 312 million dollardan ko‘p mablag‘ sarflanishi ko‘zda tutilgan. Sarf-harajatlarning kattagina qismi — 300 million dollarga yaqini chet el investitsiyalari, jumladan Janubiy Koreya investitsiyalari va kreditlari evaziga qoplanadi.

Yangi terminal soatiga 1,5 ming yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatadi.

 

 

Yangiliklar lentasi
0