NATO harbiy bloki Rossiya yaqiniga 4 ming nafar askarlarni joylashtirmoqchi

© Sputnik / David Xizanishvili / Mediabankka o‘tishNATO harbiylari
NATO harbiylari - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ma’lumotlarga ko‘ra, Boltiqbo‘yi mamlakatlariga AQSh ikkita, Germaniya va Buyuk Britaniya esa bittadan batalon yuborishni mo‘ljallamoqda.

TOShKENT, 30 apr — Sputnik. NATOning g‘arbiy ittifoqchilari Rossiya chegarasida to‘rt ming harbiydan iborat harbiylar batalonini joylashtirishga tayyorgarlik ko‘rmoqda, bu haqda Wall Street Journal nashriga asoslangan holda RIA Novosti xabar bergan.

Buk zenit raketa majmuasi - Sputnik O‘zbekiston
Senator: Rossiya NATO mudofaa tizimi ham o‘qqa tutolmaydigan yangi raketalarni yaratmoqda

Ma’lumotlarga ko‘ra, AQSh Boltiqbo‘yi davlatlariga ikkita, Germaniya va Buyuk Britaniya esa bittadan batalonlarni yuborishi mumkin.

AQSh Mudofaa vaziri o‘rinbosari Robert Uork Wall Street Journal nashriga intervyu berar ekan, alyansning g‘arbiy ittifoqdoshlari Boltiybo‘yi regionlarida joylashtirmoqchi bo‘layotgan harbiylar soni 4 ming nafarni tashkil qilishini tasdiqlagan.

Uorkning so‘zlariga qaraganda, Rossiya ushbu hududda o‘z faolligini oshirayotgani tufayli, NATO ham harbiy ishtirokini kuchaytirishga qaror qilgan.

Yangiliklar lentasi
0