Toshkent hayvonot bog‘ida uch egizak-ayiq bolalari dunyoga keldi

© Sputnik / Said Sarnayev / Mediabankka o‘tishAyiq bolalari
Ayiq bolalari - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Hayvonot bog‘iga tashrif buyuruvchilar bu yoqimtoy ayiqchalarni tomosha qilishlari uchun 4 oylik bo‘lib qolgan hayvonlarni ochiq volyerlarga olib o‘tishdi.

TOShKENT, 30 apr — Sputnik. Toshkent hayvonot bog‘ida Pashka va Mashka laqabli 15 yashar Tan-Shan(oq tirnoqli) qo‘ng‘ir ayiqlar oilasida uch egizakli ayiqchalar dunyoga keldi, deb xabar berilganpoytaxt hayvonot bog‘i rasmiy saytida.

Qo‘riqxonadagi tog‘ echkisi. - Sputnik O‘zbekiston
Toshkent hayvonot bog‘iga noyob hayvonlar keltirildi

Pashka va Mashka to‘rtinchi bor farzandli bo‘lishdi, ammo ular oilasida uch egizaklarning dunyoga kelishi birinchi marta ro‘y bermoqda, deb ta’kidlanadi xabarda.
"Ayiqchalar boshida ochiq maydonda o‘zlarini noo‘ng‘ay his qildilar, qo‘rqdilar, deyish mumkin. Ammo, bolalarga xos qiziquvchanlik baribir ustun keldi, hozirda ular volyer bo‘ylab quvlashib o‘ynab yurishibdi”, deyiladi xabar matnida.
Shu kunlarda to‘rt oylik bo‘lib qolgan ayiq bolalarini ochiq volyerga ko‘chirib o‘tkazishdi. Jonivorlar sutli bo‘tqa, qirilgan meva va sabzavotlarni iste’mol qilishga o‘tgan.

Yangiliklar lentasi
0