Jamiyat

Toshkent hokimligi 9 may - Xotira va qadrlash kuniga bagʻishlangan tadbirlarni eʼlon qildi

Hokimlik sahifasida aytilishicha, Toshkentda ushbu kun turli tadbirlar oʻtkazish rejalashtirilgan, lekin ular orasida “oʻlmas polk” (bessmetrnыy polk) tadbiri yoʻq.

TOSHKENT, 3 may  - Sputnik. Toshkent shahar hokimyati matbuot xizmati bu yil poytaxtda 9 may Xotira va qadrlash kuniniga bagʻishlangan tadbirlarni eʼlon qildi.

Hokimiyat xabarida aytilishiga koʻra – 9 mayning Oʻzbekistonda ham xotira ham qadrlash kuni sifatida  nishonlashda katat ramziy maʼno bor. Ushbu kunda dunyo tinchligiga oʻz hissasini qoʻshgan yuz minglab vatandoshlarimiz xotirasiga hurmat bajo keltirish bilan birgalikda, mehr va muruvvatga muhtoj boʻlgan kishilarni yoʻqlab qoʻyish, ularning doimo eʼtiborda ekanligi eslatib qoʻyish kunidir.

Toshkent hokimiyati ushbu kunda bir qator tadbirlar oʻtkazishni rejalashtirgan. Jumladan har bir tuman hokimligi oʻz hududida aniq tadbirlarni belgilab olgan.

Ular orasida, 15 aprelidan 15 maygacha 1941-1945 yillardagi urush faxriylarining uylariga tashrif buyurib, ularning holidan xabar olish, sovgʻalar ulashish, yashash sharoitlarini oʻrganib, kerak boʻlganda zarur yordam choralari koʻrsatish va bayram bilan qutlash ishlari, joylarda madaniyat, sanʼat va sport, adabiyot sohalarining dongdor vakillari ishtirokida uchrashuvlar va kontsert dasturlari oʻtkazish rejalashtirilgan.

Moskvada Abadiy polk tadbiri - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Toshkentda 9 may kuni “Oʻlmas polk” tadbiri boʻlib oʻtadi

Taʼlim muassasalarida har yili oʻtkaziladigan “Avlodlar uchrashuvi”, “Eʼzoz”, “Ehtirom” kabi darslariga bu yil “Tinchlik darsi” qoʻshiladi. Ushbu darslarda ijodkorlar tomonidan tayyorlangan “Tinchlik – ulugʻ neʼmat” nomli hujjatli film namoyish etiladi. Talaba va oʻquvchi yoshlar “Xotira va qadrlash maydoni”, Oʻzbekiston davlat tarix muzeyi, Qurolli kuchlar muzeyi hamda “Shahidlar xotirasi” maydonlariga  sayohatlari tashkil qilinadi.

Xotira va qadrlash kuniga bagʻioʻlangan rasmiy tadbirlar “Mustaqillik maydoni”ning Xotira majmuasida rasmiy tadbirlarning boʻlib oʻtadi.

Har bir mamlakat 9-may sanasini oʻziga xos tarzda nishonlaydi. Oʻzbekiston xalqi bu kunni tinchlik uchun kurashganlar, bu yoʻlda oʻz jonini fido etganlar xotirasiga ehtirom koʻrsatish bilan birga, nafaqat mehr-muruvvatga muhtoj, balki har bir vatandoshining qadr-qimmati, hurmatini joyiga qoʻyishdek maqsadni oʻzida mujassam etgan tabarruk kun sifatida nishonlaydi. Bu xalqimizning boshqalarga oʻxshamaydigan, oʻziga xos va betakror xislatlarining yana bir namoyishi boʻlsa, ajab emas, — deyilgan Hokimlik axborot xizmati xabarida.

Darhaqiqat, baʼzi internet saytlarida  nazarda tutilayotgan “Oʻlmas polk” (“Bessmertnыy polk”) aktsiyasi  rejalashtirilayotgan tadbirlar roʻyxatida mavjud emas, — deyilgan matbuot xizmati xabari oxirida.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala